Muhammadieva Manzura Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida faoliyatlar integratsiyasi jarayonida mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 –  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped189.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘afforova Tal’at, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori; Urazova Marina Batirovna, pedagogika  fanlari  doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatlari integratsiyasi asosida mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs mas’uliyatliligi muammosiga doir diniy-mifologik ta’limotlar, Sharq uyg‘onish davri ma’naviy merosi, jadid ma’rifatparvarlari qarashlari hamda zamonaviy pedagogik, psixologik, huquqiy manbalardagi mas’uliyatlilik, javobgarlik, burch tushunchalarining mazmuni xronologik va qiyosiy jihatdan aniqlashtirilgan; 
maktabga o‘tish yoshidagi bolalarda javobgarlik, tartib-intizomlilik, irodalilik kabi mas’uliyatlilik elementlari maktabga tayyorlov mashg‘ulotlaridagi operasion (voqeiy), rol` ijro etish kabi o‘yinlar va kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini integratsiyalashtirish, mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikasi bosqichlarini izchil amalga oshirish asosida shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mas’uliyatli xulq-atvorni namoyon etish bo‘yicha komunikativ, akademik va didaktiv ko‘nikmalar ishtirokchilar faoliyatini integrativ, ijodiy faollik va yangicha fikrlash, innovatsion yondashuvlar, quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, o‘zini ifoda etish kabi o‘yinli texnologiyalar orqali takomillashtirilgan; 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mas’uliyatlilik darajasini aniqlash refleksiya, intizomlilik, javobgarlik va tashabbuskorlik mezonlari asosida  o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, baholash hamda mustaqillik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlikka taalluqli mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikalariga tayangan holda ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich ta’lim va tarbiya tizimida o‘quvchilar faoliyatlarini integratsiyalash asosida mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha tayyorlangan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
shaxs mas’uliyatliligi muammosiga doir Sharq ma’naviy merosi va ilmiy manbalardagi qarashlar xronologik asosida tizimlashtirilganligiga oid xulosalari “Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-t-009-son guvohnoma). Hatijada pedagogik tizimdagi fanlar va ularning tarixini o‘rganish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mas’uliyatlilik darajasini aniqlash o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini tahlil qilish-anglash hamda mustaqillik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlikka taalluqli mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikalaridan Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlari xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2021 yil 08 avgustdagi 01/11-01/10-1204-son ma’lumotnomasi) Natijada  boshlang‘ich ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan bugungi strategik talablarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi;
maktabga o‘tish yoshidagi bolalarda mas’uliyatlilik elementlari (javobgarlik, tartib-intizomlilik, irodalilik) maktabga tayyorlov mashg‘ulotlaridagi o‘yin va o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini integratsiyalashtirish, mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikasi bosqichlarining izchil amalga oshirilishi bo‘yicha ilmiy xulosalaridan F3-22020001064 “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2021 yil 08 avgustdagi 01/11-01/10-1204-son ma’lumotnomasi). Natijada  maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda faoliyatlar integratsiyasi jarayonida mas’uliyat hissini tarkib toptirishga erishish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish