Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismoilov Davron Maxmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ilmiy va o‘quv bilish metodlari asosida fizika o‘qitishni takomillashtirish (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida), 13.00.02 –  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1190. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
Ilmiy rahbar: Tursunov Qaxxor Shonazarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc)., Jo‘raev  Husniddin  Oltinboevich, pedagogika  fanlari  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarga ilmiy bilish metodlari asosida molekulyar fizika va termodinamikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika ta’lim yo‘nalishi talabalarini ilmiy bilish metodi yordamida matematik tabiiy-ilmiy, issiqlik texnikasi, o‘lchov va nazorat asboblari, termodenamika va issiqlik texnikasi kabi umumkasbiy va issiqlik va massa almashinuv jarayonlari, issiqlik ta’minoti va issiqlik tizimlari singari ixtisoslik fanlarini integratsiyalash orqali fizikaning “molekulyar fizika va termodinamika asoslari” bo‘limini axboriy-didaktik ta’minoti qisman izlanishli, kreativ pedagogik dasturiy mahsulotini ishlab chiqish asosida mazmunan rivojlantirilgan; 
bo‘lajak energetik muhandislarni gnoseologik, metodologik va didaktik ilmiy bilish metodlaridan foydalanib fizika o‘qitishning tarkibiy-tuzilmaviy funksional modeliga asoslangan loyihaviy, konstruktorlik, eksperimental-tadqiqiy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik modeli motivatsion-maqsadli, konseptual, strukturaviy, kompetensiyaviy va  nazariy-metodologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalariga ilmiy va o‘quv bilish metodlari orqali fizikaning “molekulyar fizika va termodinamika asoslari” bo‘limini o‘qitishda loyihalash, kostruksiyalash va tadqiqodchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi siklik fizikaviy hodisalar, molukulyar-optik va izojarayonlarni vizuallashtirish (RAD Studio) va avtomatlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning yaratuvchanlik, tadqiqotchilik singari issiqlik energetikasi mutaxassisligiga xos izlanuvchanlik, kostruktorlik, komunikativlik sifatlarining hamda umumtexnik, mobillik, reflekcivlik, integrativlik kabi kasbiy kompetensiyalarining rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari hamda fizikani o‘qish orqali bilishning deduktiv darajasi to‘liqlik koeffisientning o‘zini o‘zi anglash refleksiv mexanizmlarini aniqlash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy va o‘quv bilish metodlari asosida talabalariga “Molekulyar fizika va termodinamika”ni o‘qitish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari ilmiy bilish metodi orqali fizikaning “molekulyar fizika va termodinamika asoslari” bo‘limini o‘qitishda tadqiqodchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (Case study, Cluster, Assessment, Projecting) issiqlik hodisalari va jarayonlarini vizuallashtirish (Embarcadero RAD Studio) va avtomatlashtirish asosida takomillashtirilishiga oid xulosalari “Molekulyar fizika va termodinamika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522–son buyruq, 522–030 raqamli guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanmadan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini oshishiga va talabalar kasbiy kompetentligining rivojlantirish imkonini  bergan;
talabalarni yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi issiqlik energetikasi mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda darajalarini baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli, kreativ) kasbiy faoliyat turlariga tayyorgarlik darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) matematik-statistik qayta ishlash (methods Student-Fisher) asosida takomillashtirilishiga oid xulosalaridan BAMV-F3-004-raqamli “Xal`koperid yarim o‘tkazgichlarining  asosiy issiqlik–fizikaviy, strukturaviy va konstruktiv parametrlarini optimallashtirishning fundamental qonuniyatlarini aniqlash va ularning matematik modellarini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 84–03–5429–son ma’lumotnomasi). Natijada model bo‘lajak muhandislarning zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish imkonini bergan;
zamonaviy vizualllashtiruvchi dasturlash muhitida talabalarni ishlab chiqarish-sozlash, boshqaruv kabi mutaxassislikka xos sifatlarini hamda loyihalash, konstruktorlik va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantiruvchi pedagogik dasturiy mahsulotlar  ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  22 dekabrdagi 84–03–5429–son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik dasturiy mahsulotlar bo‘lajak muhandislarni ilmiy bilish metodlari asosida fizika o‘qitishda zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga va ta’limning sifat darajasini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish