Almanov Qahramon Obloqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “G‘arbiy Turk xoqonligi davrida Ustrushona”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar797.
Ilmiy rahbar: Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Muxtor Hasanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent, Xushvaqtov Nabi Olimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘arbiy Turk xoqonligi tomonidan Ustrushonaning boshqarilishini aniqlash orqali ko‘chmanchi imperiyalarning o‘troq vohalarini boshqarishdagi siyosiy-iqtisodiy strategiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ustrushonada G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi ikki bosqichda amalga oshirilgani, ilk bosqichda xoqonlik bu erni mahalliy sulolalar vositasida nazoratda tutgani, ikkinchi bosqichda boshqaruv bevosita xoqonlik noiblari qo‘liga o‘tgani yozma va arxeologik ma’lumotlar asosida dalillangan;
VII – VIII asrlarda Ustrushonani boshqargan Afshinlar sulolasining etnik kelib chiqishi turkiy yoki g‘ayriturkiy bo‘lgani masalasiga aniqlik kiritilib, ushbu sulolaning tashkil topishi G‘arbiy Turk xoqonligi bilan bevosita aloqador ekanligi o‘sha davr manbalari va numizmatik topilmalar asosida isbotlangan;
Ustrushonadagi boshqaruvchi sulola vakillarining kelib chiqishi turkiy bo‘lgani, Qorabo‘g‘ra, Qoracho‘r kabi hukmdorlarning ism va unvonlari hamda Ustrushona tangalarida qadimgi turkcha “eltabar” unvoni uchrashi turkiy tildagi manbalar asosida dalillangan;
Xoqonlik davrida mintaqada Ustrushona hukmdorligi – mulkligining mavqei oshgani, bu uning qo‘shni hukmdorliklar bilan siyosiy munosabatlar o‘rnatganida, arab bosqiniga qarshi uzoq yillar kurash olib borganida va Xitoy kabi yirik saltanatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yganida o‘z aksini topgani yozma va arxeologik manbalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘arbiy Turk xoqonligining Ustrushonadagi boshqaruvini tadqiq qilish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
VII – VIII asrlarda Ustrushonani boshqargan Afshinlar sulolasining etnik kelib chiqishi turkiy yoki g‘ayriturkiy bo‘lgani masalasiga aniqlik kiritilib, ushbu sulolaning tashkil topishi G‘arbiy Turk xoqonligi bilan bevosita aloqador ekanligi o‘sha davr manbalari va numizmatik topilmalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 43-07 sonli qaror dasturining VIII bob “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” yo‘nalishi doirasida “Milliy va tarixiy ong ma’naviy qadriyat sifatida” o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida dissertatsiya ma’lumotlaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 07 apreldagi 02/07-343-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘arbiy Turk xoqonligi davrida Ustrushonaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini asoslash va bu jarayonning ijtimoiy omillarini ko‘rsatib berish imkonini bergan;
ilk o‘rta asrlardagi etnomadaniy munosabatlarning davlatchilik, shaharlar taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotga ta’siri va bu holatning san’at va badiiy hunarmandchilikda o‘z aksini topganligiga oid ilmiy xulosalaridan Sirdaryo viloyati o‘lkashunoslik davlat muzeyidagi tangashunoslik ma’lumotlari, arxeologik topilmalar, o‘zaro etnomadaniy aloqalar va migratsiya jarayonlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar muzeyning ekspozisiyasida namoyish etilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2021 yil 24 maydagi 04-12-10-2575-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘rta asrlar davri O‘zbekiston tarixida G‘arbiy turk hoqonligi davridagi Usturshonaningtutgan o‘rni bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga yangi ma’lumotlar berish imkonini bergan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” kanalida Ustrushona vohasining G‘arbiy Turk xoqonli davridagi tarixini yoritishda, qadimgi va o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklar va moddiy madaniyatini tadqiq qilish jarayoniga aniqlangan yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 12 fevraldagi 02-40-216 – son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘diy va turkiy davlatchilik an’analari, ularning o‘zaro ta’siri to‘g‘risida tushunchalar hosil bo‘lishida yordam bergan.