Murodova Zarina Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot texnologiyalar ta’limida intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlash metodikasi (umumiy o‘rta ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped 978.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Muminov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Uzakov Zoir, fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot texnologiyalari ta’limida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini shakllantirish va aniqlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual salohiyat (moslashuvchanlik, diqqat va xotira, abstrakt va mantiqiy fikrlash, texnologik savodxonlik)ni shakllantirish va intensiv aniqlashning selektiv dastur, IQ testlar tizimi kabi texnologik shart-sharoitlari umumiy o‘rta maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” darslarida foydalaniladigan integrativ, differensial pedagogik dasturiy vositalarning uzviyligi va izchilligi asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning individual rivojlanish xaritasini aks ettiruvchi “boshqotirma”, “mantiqiy kompyuter o‘yinlar” va “algoritmik masalalar” kabi yakka va kichik guruhli o‘qitish metodlari va pedagogik dasturiy vositalarini kibernetik, invariantlik va diskretlilik tamoyillari asosida ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini shakllantirish metodikasi takomillashtirgan;
vaznli va shajarali yondashuv asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini shakllantirish va aniqlashtirishga yo‘naltirilgan algoritmik topshiriqlar va muammoli masalalarni echishning funksional bosqichli metodik tizimini ishlab chiqish orqali informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
axborot texnologiyalari ta’limida zamonaviy malaka talablari (dasturchi, veb sahifalovchi, transkribator, illyustrator, ijtimoiy tarmoq administratori va sinovchi) va qulay interfeysga imkon yaratadigan Scratch muhitining pedagogik dasturiy loyihalari asosida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini aniqlash mezonlari (motivatsion, kognitiv va faoliyatli) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot texnologiyalar ta’limida intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlash metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
vaznli va shajarali yondashuv asosida ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar (IQ testlar banki, algoritmlash muammoli masalalar)ga oid takliflardan AIF 2/20-“Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5282-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatni shakllantirishning individual yondashuv tamoyillarini va usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik dasturiy vositalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, intellektual salohiyatga yo‘naltirilgan topshiriq va masalalarni ishlab chiqish mexanizmi hamda yakka va kichik guruhli yondashish va foydalanish metodikasidan Erasmus Plyus dasturi doirasida ECCUM xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5282-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatni shakllantirish va aniqlash metodikasining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyixalashtirish muammosi, intellektual salohiyatni shakllantirishning indivudal yondashish vositalari, usullari va metodikasini ishlab chiqish ta’lim konsepsiyasida o‘z aksini topgan “Scratch muhitida dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmasi (Respublika ta’lim markazi qoshidagi “IAT” yo‘nalishining onlayn 3-sonli ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bayonnomasi) mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5282-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning intellektual salohiyatni shakllantirishning individual yondashuv tamoyillari, usullari takomillashtirilishiga xizmat qilgan.