Ergashev Nuriddin G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga o‘quv materiallarini dasturiy-vizuallashtirish asosida taqdim etish metodikasi” (Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fani misolida), 13.00.02 –  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2438. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich, fizika matematika fanlari doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori; Jo‘raev  Husniddin  Oltinboevich, pedagogika  fanlari  doktori,  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga o‘quv materiallarini dasturiy vizuallashtirish texnologiyasi asosida taqdim etish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning samaradorligini ta’minlashga, oliy o‘quv yurtlarida axborot ta’lim resurslari orqali o‘quv materiallarini vizual hamda obrazli taqdim etishga yo‘naltirilgan va kafolatlangan natijaviy vizuallashtirish  texnologiyasi ishlab chiqilgan;  
kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillariga asoslangan, tizimli yondashuv doirasini ochib beradigan vizual taqdim etishning funksional, morfologik, axborot yo‘nalishlaridagi tarkibiy darajali tuzilishi zamonaviy ilmiy-fundamental bilimlarga yo‘naltirilgan umumiy ta’lim va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan vizuallashtirish texnologiyasi orqali takomillashtirilgan;
vizual axborot bilan ishlashning ilmiy, fundamental va amaliy tajribasini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan muammoli, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarni amalga oshirishning adekvatlik, uzviylik, izchillik kabi pedagogik shartlari o‘quv materiallarini vizual taqdim etishning o‘quv jarayoni (umumiy tavsifli), o‘quv predmeti (mazmunli), o‘quv mashg‘uloti (protsessual) parametrlarini optimallashtirish orqali aniqlashtirilgan; 
ta’lim mazmuni va foydalaniladigan didaktik ta’minot, texnik vositalar, elektron o‘quv qo‘llanmalar kabi elementlarning izchilligi bo‘yicha  3D (uch o‘lchamli) grafik, animatsiyali vizual o‘quv materiallarini murakkablashtirish ketma-ketligi texnologiyasi barcha darajalardagi amaliy vizual metodlar orqali elektron o‘quv dasturi bilan integrativ aloqadorligini ta’minlash  asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga o‘quv materiallarini dasturiy-vizuallashtirish texnologiyasi asosida taqdim etish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
o‘quv materiallarini vizual hamda obrazli taqdim etishga asoslangan maqsadli yo‘naltirilgan va kafolatlangan natijaviy vizual texnologiyasi maqsadga muvofiq jarayon sifatida tushunish o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning samaradorligini ta’minlash, talabalarning shaxsiy tajribasi oliy o‘quv yurtlarida axborot ta’lim resurslari orqali asoslanganligiga oid xulosalaridan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘kitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar buyicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish xamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlarilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 02 avgustdagi №182/1-son ma’lumotnomasi).  Natijada oliy ta’lim muassasalarida o‘quv materiallarini dasturiy vizuallashtirish texnologiyasiga doir o‘qitish metodikalari tahlil qilish imkonini bergan; 
oliy o‘quv yurtlarida o‘quv materiallarini vizual taqdim etish texnologiyasi komponentlari va kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyillariga asoslangan, tizimli yondashuv doirasini ochib beradigan vizual taqdim etishning yetakchi talablari, ya’ni funksional, morfologik, axborot yo‘nalishlarida tarkibiy darajali tuzilishi  zamonaviy ilmiy-fundamental bilimlarga yo‘naltirilgan umumiy ta’lim va umumiy madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan metod orqali takomillashtirilishiga oid xulosalaridan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘kitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar buyicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish xamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlarilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 02 avgustdagi №182/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim jarayonida talabalarga o‘quv materiallarini dasturiy vizuallashtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uni o‘qitish metodikasini aprobatsiya qilishning ilmiy, rasmiylashtirilgan komponentlari tavsifi asoslanishi imkonini bergan;
 vizual axborot bilan ishlashning ilmiy, fundamental va amaliy tajribasini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan texnologiyalarini amalga oshirishning pedagogik shartlari o‘quv materiallarini vizual taqdim etishning o‘quv jarayoni (umumiy tavsifli), o‘quv predmeti (mazmunli), o‘quv mashg‘uloti (protsessual) parametrlarini optimallashtirish orqali aniqlashtirilishiga oid takliflaridan “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”  nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-133-son guvohnoma). Natijada  vizual axborot bilan ishlashning ilmiy, fundamental va amaliy tajribasini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan o‘quv materiallari dasturiy vizuallashtirish texnologiyasi shartlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish