Ko‘chimov Ulug‘bek Qo‘chqarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fantastik asarlarda badiiy psixologizm konsepsiyasi (Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil.347
Ilmiy rahbar: Ibragimova Rano Mavlanovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov asarlarida badiiy psixologizm konsepsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, yozuvchilarning qahramon ruhiyatini yaratish mahoratini qiyosiy-tipologik ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amerika va o‘zbek fantast yozuvchilari ijodi misolida badiiy psixologizmning adabiy-estetik kategoriya sifatidagi nazariy-konseptual maqomi, ilmiy qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, tematikasi qiyosiy-tipologik aspektda yoritilgan;
Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov fantastik asarlarida umuminsoniy g‘oyalar mushtarakligi, qahramonlarning o‘ziga xos psixologik hamda milliy xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan umumlashtirilib, ayol ruhiyati talqini badiiylik mezonlari asosida ochib berilgan;  
milliy va umumbashariy qadriyatlarni e’zozlash, texnika va elektronlashish xavfidan insoniyatni asrash kabi g‘oyalar binar tipologiya aspektida yoritilib, asar g‘oyasiga singdirilishida badiiy to‘qimaning o‘rni,  texnikaning inson tafakkuri tadrijidagi ahamiyati, qahramon ruhiyatini ochishdagi ijodiy-estetik tamoyillari aniqlangan;
fantast-yozuvchilar dunyoqarashi va ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, fantastik asarlarda yozuvchi dunyoqarashini shakllantiruvchi ma’naviy, diniy, ilmiy, falsafiy g‘oyalar uzviyligi  asosida ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxovning fantastik roman, qissa va hikoyalari asosida badiiy psixologizm muammosini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy  asoslarini  ishlab  chiqish jarayonida olingan ilmiy natijasi asosida:
psixologik fantastikaning o‘ziga xos tomonlaridan biri – fantastik asar qahramonini aql bovar qiladigan va aql bovar qilmaydigan turli vaziyatlarga solinishi, xarakter, psixologik portretni yaratishda  muallifning badiiy mahoratini  yoritishga doir  ilmiy-nazariy qarashlardan F-1-06-raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasining «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida jahon ilg‘or tadqiq metodlarining zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligiga tatbiqi (psixoanaliz, germenevtika, strukturalizm, semiotika)» qismida (2012-2016) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3991-son ma`lumotnomasi). Natijada asarda ma’naviy, falsafiy, ijtimoiy yohud tarixiy g‘oyalarni ilgari surishda fantastikaning mazmun-mohiyati,    ruhiy-tarixiy  va  psixologik  yondashuvlarning  sintezlashuvi kabi ijodiy-estetik qonuniyatlarni ochish imkonini bergan;
fan va texnika sohasidagi kashfiyotlarning fantastik nusxasini berish, fantastik gipotezani ilgari surish kabilar bilan birgalikda,   insondagi dunyoni bilish, o‘zligini anglashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxovning badiiy olamini hamda psixologizm muammolarini, ularning fantastik qahramonlari, shu jumladan, ayollar fantastik obraziga xos psixologik o‘ziga xoslikni  tadqiq etish yuzasidan mavjud ma’lumotlarni kengaytirishga oid qarashlardan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyiha (2012-2016)  da foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 89-03-3991-son ma`lumotnomasi). Natijada fantastik asarning janriy xususiyati, asardagi badiiy tasvir (ilmiy-texnik vosita, kosmik kemalar, o‘zga planeta tabiati, sehr-joduga asoslangan ertak olami) dan qat’y nazar uning haqqoniyligini ta’minlovchi komponentlardan biri psixologizm ekanligi, ayollar obrazining o‘ziga xosligi fol`klor janrlarini jahon adabiyoti kontekstida qiyosiy o‘rganish imkonini bergan.   
Amerika fantast-yozuvchisi Rey Bredberi va o‘zbek fantast-yozuvchisi Hojiakbar Shayxov asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, yozuvchi dunyoqarashini shakllantiruvchi ma’naviy, diniy, ilmiy, falsafiy, umumbashariy g‘oyalardan “Jahon bolalar adabiyoti” (2016 y., 10 jildlik) kitoblarini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 12 martdagi 01-03-07/411-ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsion ilmiy ish O‘zbek va Amerika yozuvchilarining individual uslubi, turli millat adiblari ijodidagi fantastik tamoyillar tasviri, fantastik adabiyotning asosiy poetik vositalari – ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret, hislarning tashqi ekspressiyasi, gallyusinatsiya, tush, psixologik timsollar va ularning turli tipologik xususiyatlari umumlashtirilganligi sabab badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga xizmat qilgan;
fantastik asarda ham qahramonlar qalb da’vatiga ko‘ra gapirishi, harakat qilishi, insonga xos sifatlar bilan taqdirlanishi, qahramon fantastik kasb egasi (o‘ylab topilgan, aslida yo‘q: yulduz uchuvchi (zvezdolyotchik), vaqt mashinasi haydovchisi, planetani qayta qurish muhandisi) bo‘lsa, yozuvchi bu kasb egalarining ajabtovur psixologiyasini tasvirlashiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “XAYRLI KUN” ko‘rsatuvida “Jahon adabiyotida didaktika” mavzusiga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2020 yil 18 iyundagi O’z/R-02-40-673-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy fantastika, ijtimoiy fantastika, antiutopiya, apokaliptika va postapokaliptik fantastika, kiberpank va postkiberpank kabi fantastikaning turlari haqidagi ma’lumotlar tomoshabinlarning fantastik adabiyot haqidagi tasavvurlarini boyitishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish