Bazarov Sobirjon Bektashovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Normurod Norqobilov asarlarining poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1101.
Ilmiy rahbar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Usmonjon, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubov Islomjon, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi iste’dodli adib Normurod Norqobilov asarlari poetikasi, xususan, badiiy obrazlar olami, ularning tabiati, xarakter va ruhiyat birligi, adabiy makon va zamon, badiiy uslublari, yozuvchining poetik mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Normurod Norqobilovning “Quyosh botmaydigan yurt”, “Tunggi mehmon”, “Dashtda”, “Etim qolgan gullar”, “Kurash” kabi hikoyalari misolida o‘zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarda Berdiboy, Anvar, Suvonqul, Xolida momo milliy obrazlari olami va xarakteri, qahramonlarning mardlik, g‘urur, oriyat singari individual tabiati talqinlari ochib berilgan;
“Ovul oralagan bo‘ri”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “G‘animlar”, “Belbog‘” kabi qissalarida inson ruhiy iztiroblari hamda nabotot olami bilan munosabatlari tush, ichki monolog, ramziylik hamda falsafiylikda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
adibning poetik mahorati “Dashtu dalalarda”, “Qoraquyun” romanlarida odam va olamni idrok etish yo‘sinlari, estetik ideali, badiiy talqin imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi istiqlol yillarida tubdan yangilangan o‘zbek adabiyoti adabiy-ilmiy konsepsiyalari bilan uzviy bog‘lab yaxlit adabiy jarayon kontekstida aniqlangan;
nasriy asarlarining badiiy xususiyatlari Shukur Xolmirzaevning “O‘zbeklar”, Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”, Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” hamda Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”,” “Oq Kema”, Aziz Nesinning “Xaloskor it”, “Shafqatli it” singari jahon adiblari asarlari bilan qiyoslanib, xarakter yaratishdagi ijodiy qiyofasi, tafakkur tarzi, ifoda yo‘sini kabi badiiy mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Normurod Norqobilov asarlarining poetikasi tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalari asosida:
Normurod Norqobilovning “Quyosh botmaydigan yurt”, “Tunggi mehmon”, “Dashtda”, “Etim qolgan gullar”, “Kurash” kabi hikoyalari misolida o‘zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarda Berdiboy, Anvar, Suvonqul, Xolida momo milliy obrazlari olami va xarakteri, qahramonlarning mardlik, g‘urur, oriyat singari individual tabiati talqinlari haqidagi xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzularidagi fundamental tadqiqot loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 fevral`dagi 01.17/148-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etishda o‘zbek adabiyotining ta’siri masalalari borasida muayyan xulosalarga kelinishiga imkon bergan.
“Ovul oralagan bo‘ri”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “G‘animlar”, “Belbog‘” kabi qissalarida inson ruhiy iztiroblari hamda nabotot olami bilan munosabatlari tush, ichki monolog, ramziylik hamda falsafiylikda namoyon bo‘lishi haqidagi olingan xulosalardan FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 8 yanvar`dagi 01.17/ 01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha adabiyotshunoslik ilmida badiiy ijod jarayoni, xususan, asar poetikasi bilan bog‘liq ravishda uning badiiy-estetik xususiyatlariga oid masalalar ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;
adibning poetik mahorati “Dashtu dalalarda”, “Qoraquyun” romanlarida odam va olamni idrok etish yo‘sinlari, estetik ideali, badiiy talqin imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi istiqlol yillarida tubdan yangilangan o‘zbek adabiyoti adabiy-ilmiy konsepsiyalari bilan uzviy bog‘lab yaxlit adabiy jarayon kontekstida aniqlangan xulosalardan X1-XT-19919-raqamli «O‘zbek mifologiyasi ilmiy va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi tutgan o‘rni» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 89-03-493-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy jihatdan boyishiga zamin yaratgan;
nasriy asarlarining badiiy xususiyatlari Shukur Xolmirzaevning “O‘zbeklar”, Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”, Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” hamda Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”,” “Oq Kema”, Aziz Nesinning “Xaloskor it”, “Shafqatli it” singari jahon adiblari asarlari bilan qiyoslanib, xarakter yaratishdagi ijodiy qiyofasi, tafakkur tarzi, ifoda yo‘sini kabi badiiy mahorati xususida Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining «Bir asar sharhi», «Ma’naviyat qalb ko‘zgusi», «Adabiyot gulshani» ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 yanvardagi 19-14/ 7-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.