Tursunali Djumaevning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili lisoniy strukturasining reliktolingvistik aspekti (fonetik, leksik, morfologik sath)”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil278. 
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla filologiya fanlari doktori, professor; O‘rozboev Abdulla, filologiya fanlari doktori, dotsent; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek adabiy tili sathlarida saqlanib qolgan tarixiy-lisoniy qoldiqlarni binar aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi lisoniy unsurlarning tilshunoslikda fonetik, leksik, morfologik sabablari aniqlanib, ularning echimi diaxronik va sinxronik talqin asosida muayyanlashtirilishi orqali tilda bunday tasodifiy jarayonlar lisoniy relikt deb atalishi ko‘rsatilgan; 
lisoniy relikt va tarixiy qoldiq orasidagi chegara – moddiylik bilan bevosita aloqador, qoldiq – tarixiylik bilan bog‘liq bo‘lib,  mazkur lisoniy birlik jamiyat a’zolarining ongida yashaydigan lingvistik tushunchalar ekanligi  tarixiy hamda zamonaviy lisoniy dalillar asosida aniqlangan; 
lisoniy reliktlarning yuzaga kelishi bir necha tillar orasidagi  diaxronik va sinxronik umumiyliklar lisoniy birlikdagi differensial va integral fonetik-orfoepik farq hamda adabiy me’yor, nutq jarayonida ishtirok etadigan ekstralingvistik omillar natijasida sodir bo‘lishi mumkinligi dalillangan; 
lisoniy reliktlarning fonetikada unlilarning beqarorligida, undoshlarning o‘rin almashinish imkoniyatlarida, leksik birliklarda so‘z formasining zamonaviy til me’yorlariga mos kelmasligi uning tildagi eng qadimgi belgilarni o‘zida jamlaganligi bilan, morfologiyada esa shakl va ma’no nomutanosibliklarida hamda morfologik ko‘rsatkichlarning ko‘p adadda saqlanib qolishi natijasida namoyon bo‘lishi reliktolingvistik me’yor orqali asoslangan; 
uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida foydalaniladigan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarida mavjud bo‘lgan fonetika va morfologiyada yuzaga keladigan  ijtimoiy, badiiy ifodaviy, konstruktiv muammoli vaziyatlarning echimini topish usullari, izohli lug‘atlar tuzishda so‘zlarning to‘g‘ri va haqqoniy lug‘aviy ma’nolarini aniq ko‘rsatib, yo‘l qo‘yilgan orfografik, leksik-semantik, morfologik kamchiliklarni bartaraf etish mezonlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili lisoniy strukturasining reliktolingvistik aspekti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi lisoniy unsurlarning sabablari aniqlanib, ularning echimi diaxronik va sinxronik talqin asosida muayyanlashtirilishi orqali tilda bunday tasodifiy jarayonlar lisoniy relikt deb atalishiga oid xulosasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 fevraldagi 17-01/129-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq adabiy tili sathlaridagi muammolar echimini ta’minlash vazifalarini belgilash imkonini bergan; 
lisoniy reliktlarning yuzaga kelishi: bir necha tillar orasidagi umumiyliklar; lisoniy birlikdagi fonetik-orfoepik farq hamda ekstralingvistik  omillar natijasida sodir bo‘lishi mumkinligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 fevraldagi 17-01/129-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy reliktning o‘zbek va qoraqalpoq fonetik, leksik, morfologik tizimlardagi o‘rnini aniqlash  imkonini bergan;
izohli lug‘atlar tuzishda so‘zlarning to‘g‘ri va haqqoniy lug‘aviy ma’nolarini aniq ko‘rsatib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish mezonlarini belgilash asosida “O‘zbek tilining reliktolingvistik talqinli so‘zlari lug‘ati” (ISBN 978-9943-2418-2-9) tuzilgan. Natijada o‘zbek tilidagi reliktolingvistik talqinli so‘zlarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritish va lug‘atlarning optimal variantlarini yaratish imkonini bergan;
lisoniy reliktlarning yuzaga kelishi: bir necha tillar orasidagi umumiyliklar; lisoniy birlikdagi fonetik-orfoepik farq hamda ekstralingvistik  omillar natijasida sodir bo‘lishi mumkinligiga oid ilmiy xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining «So‘zlar javohiri» ko‘rsatuvi hamda viloyat radiosining «Voha sadosi» eshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 maydagi 569-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmunining ma’rifiy va amaliy jihatdan boyish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish