Muxamedjanova Sitorabegim Djamolitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak mutaxassislarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning metodik asoslari (texnika yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped631.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nasirova Umida Kamolovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi energetika ta’lim yo‘nalishlari talabalarining ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika sohasi mutaxassislariga uch bosqichli «nazariy bilimlarni o‘zlashtirish», «amaliy ko‘nikmalarni egallash» va «egallagan malakalarni amaliyotda qo‘llash» innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida, samarali mashqlar tizimini integrativ yondashuv asosida shakllantirish orqali kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan ingliz tilida kommunikativ madaniyatni rivojlantirish usullari aniqlangan;
autentik-muammoli vaziyatlarda bo‘lajak mutaxassis-kadrlarning shaxslararo kommunikativ madaniyatini rivojlantirishda lisoniy-nutqiy tafakkurning o‘zaro dialektik integratsiyalash va ingliz tilidagi nutqiy ravonlik tamoyillari orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashda murakkab mavzularni optimallashtirish asosida mantiqiy fikrlash, o‘zlashtirish va loyihalar yaratishga oid lingvodidaktik imkoniyatlar ishlab chiqilgan;
talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan «Developing of communicative culture technology» (DCCT) – Kommunikativ madaniyat texnologiyasini rivojlantirish, «Portfolio of pedagogical ideas of professional development» (PPIPD) – Kasbiy faoliyatni rivojlantirishning pedagogik fikrlar portfoliosi, «Developing language skills strategy» (DLSS) – Til ko‘nikmalarini rivojlantirish strategiyasi metodlari asosida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasi taklif qilingan;
bo‘lajak mutaxassis-kadrlarning kasbiy kompetentligi, kommunikativ madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan modelning baholash mezonlari (axborotlilik, interaktivlik, lingvistik, kommunikativlik) va tayyorgarlik darajalari (evristik, reproduktiv, adaptatsiya, kreativlik) kabi ob’ektga yo‘naltirilgan hayotiy vaziyatlarda muloqot yuritishda autentik materiallar uzluksizligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari energetika sohasi mutaxassislarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning ta’lim texnologiyalari: Developing of communicative culture technology (DCCT), Portfolio of pedagogical ideas of professional development (PPIPD), Developing language skills strategy (DLSS) va darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish asosida talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishga doir ilmiy xulosalaridan AIF-2/20 raqamli «Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis-kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash» mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4332-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan innovatsion master-klass va rivojlantiruvchi treninglar o‘quv materialini boyitishga xizmat qilgan;
«Power Engineering» o‘quv qo‘llanmasida tavsiya etilgan didaktik materiallardan O‘zbekiston Respublikasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati «Avtomatika va rele himoyasi xizmatgohi», «Izolyasiya va yuqori kuchlanishdan himoyalash xizmatgohi» hamda «Ishlab chiqarish va texnika» bo‘limlarida korxona xodimlarining kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili bo‘yicha malakasini oshirishda va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan inglizcha so‘zlashuv ko‘nikmasini oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 martdagi 89-03-1128-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari va bevosita xizmat ko‘rsatish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa almashinuvi jarayoni takomillashgan; xodimlarning kommunikativ madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ingliz tilida so‘zlashish ko‘nikmasining rivojlanishiga xizmat qilgan;
«Developing of communicative culture technology», «Portfolio of pedagogical ideas of professional development», «Developing language skills strategy» ta’lim texnologiyalari asosida «Developing of ESP Materials» mavzusidagi seminar-treninglarda hamda nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassis-kadrlarning kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan kommunikativ madaniyatini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar «Innovative Approaches on Teaching ESP» mavzusidagi seminar-treninglarda maxsus maqsadlarda ingliz tilini o‘qitish (English for specific purposes) UzTESPING, ya’ni «Uzbekistan teachers of English for specific purposes integrated networking group» loyiha bo‘yicha materiallar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 yanvardagi 89-03-341-son ma’lumotnomasi). Natijada nofilologik oliy o‘quv yurtlarida fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarga kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasini ishlab chiqishga, kasbiy lingvodidaktika aspektlarini o‘rganishga, talabalarning ehtiyojlari asosida materiallarni adekvat tanlashga xizmat qilgan;
nofilologik oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak mutaxassislariga kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili o‘qitishning pedagogik, metodologik va psixologik xususiyatlariga doir ilmiy xulosa va amaliy takliflardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining «Assalom Buxoro», «Til – millat ko‘zgusi», «O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek» ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 yanvardagi 1/16-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni barkamol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodikasi asosida bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan kommunikativ madaniyatni oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak mutaxassis-kadrlarida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning samaradorligini belgilovchi motivatsion-qiymat, mazmuniy-faoliyat, protsessual, texnologik, baholash-natijaviy kabi komponentlar bilan bog‘liq ilmiy xulosa va takliflardan «Ingliz tilini o‘qitish metodikasi» nomli elektron o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2019 yil 25 sentyabrdagi DGU 06952-raqamli guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasida ingliz tili fani mazmunini takomillashtirish imkoni yaratilgan.