Ochilov Shokir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped426.
Ilmiy rahbar: Turdiqulov Eshboy Otaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi ekologik ongning irodaviy tarkibiy asosini ekologik faollik va dunyoqarash bilan ichki integrallashuvini belgilash, invariant va variativ ta’lim mazmunining vitagen ta’lim bilan o‘zaro muvofiqlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik shartlari fizik-ekologik ta’lim mazmunini gorizontal va vertikal strukturalash bo‘yicha o‘quv materiallarini tanlash, tizimlashtirish, integrativlikni ta’minlashga doir algoritmik bosqichlarining kooperativlik darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
fizik jarayon va hodisalarni fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish modeli autentik materiallarni ilmiy bilimlar bilan mantiqiy va izchil aloqadorligining muammoli ta’lim usullari bilan adaptivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
fizikani fanlararo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ekologik kompetensiyani rivojlantirishning muammoli, o‘yinli, ijodiy, virtual ekopedagogik texnologiyalari o‘quvchilarning konvergent va divergent fikrlashini uyg‘un tarkib toptirishga yo‘naltirilgan interfaol tavsifdagi fizik-ekologik masala va topshiriqlar majmuini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi integrativlik mezonlari orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasini ekologik ongning irodaviy tarkibiy asosini ekologik faollik va dunyoqarash bilan ichki integrallashuvi, fizikaviy qonunlarni hisobga olish orqali invariant va variativ ta’lim mazmunining vitagen ta’lim bilan o‘zaro muvofiqlik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5110200 – Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-722-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarini fanlararo yondashuv asosida o‘quvchilarda ekologik kompetensiyani rivojlantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
fizikani fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirishning metodik shartlarini fizik-ekologik ta’lim mazmunini gorizontal va vertikal strukturalash bo‘yicha o‘quv materiallarini tanlash, tizimlashtirish, integrativlikni ta’minlashga doir algoritmik bosqichlarini aniqlashtirish, fizik jarayon va hodisalarni fanlararo o‘qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish modeli innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110200 – Fizika va astronomiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Fizika ta’limida ekologik kompetensiyani takomillashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-137 raqamli guvohnoma). Natijada, fizik-ekologik ta’lim uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
fizikani fanlararo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ekologik kompetensiyani rivojlantirishning muammoli, o‘yinli, ijodiy, virtual ekopedagogik texnologiyalari o‘quvchilarning konvergent va divergent fikrlashini uyg‘un tarkib toptirishga yo‘naltirilgan interfaol tavsifdagi fizik-ekologik masala va topshiriqlar majmuini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda integrativlik mezonlari orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A7-XT-1-29687 raqamli “O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” (2013-2015 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-722-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika ta’limi orqali o‘quvchilarda ekologik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyalarini tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan.