Evatov Salimjon Sobirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tasavvufiy-falsafiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal311.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Po‘latov Xasan, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmatzoda Qodirqul, falsafa fanlari doktori (DSc); Zoirov Erkin Xalilovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tasavvufiy-falsafiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IX-XII asrlar hakimiya, sayyoriya, malomatiya va hamadoniya oqimlari asosida shakllangan tasavvufiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlarining tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, diniy-falsafiy asoslarining azaliy ketma-ketlik, sababiy bog‘lanishlar va o‘zaro aloqadorlikka oid sinergetik mazmuni yuksak ma’rifatli insonni tarbiyalash tamoyili asosida falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
Markaziy Osiyodagi yassaviylik, kubroviylik va xojagon-naqshbandiya tasavvufiy ta’limotlari bilan stoiklar (ravoqiylik), neoaflotunchilik va o‘zga diniy an’analar (zardo‘shtiylik, buddizm, yaxudiylik, xristianlik)ga xos xususiyatlarning gnoseologik va prakseologik sintezlashuvi tasavvufning yaxlit umumilmiy manzarasini shakllantirishda muhim omil ekanligi dalillangan;
IX-XII asrlar Markaziy Osiyo yassaviya, kubroviya va xojagon-naqshbandiya tasavvuf-falsafiy ta’limotlarining shakllanishi va rivojlanishi, ulardagi inson, nafs, axloq, borliq haqidagi g‘oyalarning islom ta’limotidagi insonparvarlik, baxt-saodat va adolatga erishish g‘oyalari bilan dialektik aloqadorligi falsafiy jihatdan isbotlangan; 
hakimiylik, yassaviylik, xojagon, kubroviylik tasavvufiy tariqatlaridagi al`truizm, filantropiya va insonparvarlik, futuvvat, javonmardlik, iysor haqidagi g‘oyalar asosida yosh avlodni yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash hamda ularning ma’rifatini oshirishda tarixiy tafakkurni milliy tarix bilan shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishishga oid metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tasavvufiy-falsafiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
IX-XII asrlar hakimiya, sayyoriya, malomatiya va hamadoniya oqimlari asosida shakllangan tasavvufiy ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlarining tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, diniy-falsafiy asoslarining azaliy ketma-ketlik, sababiy bog‘lanishlar va o‘zaro aloqadorlikka oid sinergetik mazmuni yuksak ma’rifatli insonni tarbiyalash tamoyili asosida ochib berilganligiga oid xulosa va takliflardan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzudagi amaliy loyiha doirasida nashr etilgan «Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4311-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashr etilgan qo‘llanmaning “Barkamol inson shaxsi strukturasining asosiy qismlari (aqliy, axloqiy, estetik)” mavzuidagi ikkinchi bobining mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyodagi yassaviylik, kubroviylik va xojagon-naqshbandiya tasavvufiy ta’limotlari bilan stoiklar (ravoqiylik), neoaflotunchilik va o‘zga diniy an’analar (zardo‘shtiylik, buddizm, yaxudiylik, xristianlik)ga xos xususiyatlarning gnoseologik va prakseologik sintezlashuvi tasavvufning yaxlit umumilmiy manzarasini shakllantirishda muhim omil ekanligiga doir ilmiy xulosa va umulashmalardan O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatib, imom noiblar uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv dasturlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo mutafakkirlarining diniy-ma’rifiy merosi”, “Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik”, “Zamonaviy musulmon jamiyati va islom omili”, “Abul Mu’in Nasafiyning moturidiylik ta’limoti rivojiga qo‘shgan hissasi va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati” kabi mavzulardagi ma’rifiy loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi musulmonlar idorasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 1807-son dalolatnomasi). Natijada, imom-xatib, imom noiblarning tasavvufiy ta’limotlar shakllanishi va rivojlanishiga oid bilim va ko‘nikmalarining takomillashuviga, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning mazmunan boyishiga erishilgan; 
IX-XII asrlar Markaziy Osiyo yassaviya, kubroviya va xojagon-naqshbandiya tasavvuf-falsafiy ta’limotlarining shakllanishi va rivojlanishi, ulardagi inson, nafs, axloq, borliq haqidagi g‘oyalarning islom ta’limotidagi insonparvarlik, baxt-saodat va adolatga erishish g‘oyalari bilan dialektik aloqadorligiga oid xulosalar va tahlillardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazinining turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga etkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga doir funksiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan 2020 yil uchun chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazinining 2020 yil 15 dekabrdagi 01-07/91-son dalolatnomasi). Natijada mintaqamizga xos bo‘lgan tasavvuf tariqatlari ta’limotlaridagi al`truizm, filantropiya va insonparvarlik g‘oyalarini yanada chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va qarashlarni keng xalq ommasiga etkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirishga oid faoliyatning mazmunan takomillashuviga erishilgan.
hakimiylik, yassaviylik, xojagon, kubroviylik tasavvufiy tariqatlaridagi al`truizm, filantropiya va insonparvarlik, futuvvat, javonmardlik, iysor haqidagi g‘oyalar asosida yosh avlodni yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash hamda ularning ma’rifatini oshirishda tarixiy tafakkurni milliy tarix bilan shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishishga oid metodologik tavsiyalar Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining ilmiy-ma’rifiy mavzulardagi efirga uzatilgan “Ogohlik davr talabi”, “Munosabat”, “Diyor yangiliklari”, “Dolzarb mavzu” rukni ostida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 431-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning mintaqamizga xos bo‘lgan tasavvuf tariqatlari ta’limotlaridagi nafs, axloq, ma’naviy tarbiya, bag‘rikenglikka oid qarashlarini yanada chuqur o‘rganishlari imkoniyatlarini kengaytirgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish