Kuranova Marxabo Maxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi (Tarbiyaviy ishlar metodikasi)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/Ped.406.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni (motivatsion, ijtimoiy-psixologik, prognostik, emotsional-valeologik, kvalimetrik) “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” talablariga transformatsiyasini ta’minlash asosida modernizatsiyalashtirilgan;
art-pedagogik yondoshuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik komponentlari masofaviy ta’lim muhitida ijodiy-rivojlantiruvchi, refleksiv, kommunikativ-ijtimoiy treninglar, veb kvest texnologiyalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish modelini ishlab chiqish orqali talabalarning ijtimoiy-madaniy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli-tashkiliy va baholovchi-tashxislovchi kabi funksional komponentlarining mazmuni takomillashtirilgan;
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o‘qitishning konseptual, integrativ, assessment va refleksiv-ijodiy komponentlardan iborat variativ-modulli dasturlarini kiritish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni (motivatsion, ijtimoiy-psixologik, prognostik, emotsional-valeologik, kvalimetrik) “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” talablariga transformatsiyasini ta’minlash bilan bog‘liq takliflardan kredit-modul tizimiga asoslangan, 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2842 son ma’lumotnomasi). Natijada, bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.
art-pedagogik yondoshuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik komponentlari masofaviy ta’lim muhitida ijodiy-rivojlantiruvchi, refleksiv, kommunikativ-ijtimoiy treninglar, veb kvest texnologiyalarini kiritish asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 avgustdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059 sonli Qarori 1 ilovasining 27 bandida belgilangan “O‘qituvchilar, ota-onalar, maxalla mutaxassislari uchun ma’naviy tarbiya indikatorlari va tarbiyalash metodlari bilan boyitilgan metodik qo‘llanmalari ishlab chiqish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 18 avgustdagi 692-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.