G‘ulomov Akramjon Baxromovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadid mutafakkirlarining ekologik madaniyatga doir qarashlari: tarixiy – falsafiy tahlil”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fa1463.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Zoyirov Erkin Xalilovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Djurakulov Husan Anvarovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jadid mutafakkirlarining ilmiy-ma’rifiy g‘oyalari asosida ekologik madaniyatning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish hamda yoshlar ekologik savodxonligini oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tabiat – jamiyat – inson” tizimining uyg‘unligini ta’minlashda jadid mutafakkirlari qarashlaridagi ekologik madaniyatni shakllantiruvchi ekologik mas’uliyat, ekologik tafakkur, ekologik faoliyat omillarining umumbashariy ekologik muammolarni hal etish, tabiiy manbalardan oqilona foydalanish va shaxs ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga oid mohiyati falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
jadid namoyondalari Fitrat, Cho‘lpon, Behbudiy huquqiy (ekologik burch va majburiyat), ijtimoiy-madaniy (ekologik ta’lim va savodxonlik), siyosiy (ekologik nazorat va xalqaro hamkorlik) qarashlari asosida ekologik madaniyatning davr ruhiyati bilan bog‘liqligi mantiqiy dalillangan;
yoshlar ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirishda jadid mutafakkirlarining ijtimoiy borliqdagi differensial yondashuv (ekologik mas’uliyat, faollik, burch)lari bilan o‘zbek xalqi ekologik madaniyatining ijtimoiy mental xususiyatlaridagi ontologik va  dialektik aloqadorligi ochib berilgan; 
jadid mutafakkirlari qarashlaridagi tabiat bilan xalq madaniyati uyg‘unligi tamoyillari asosida yosh avlodning ekologik madaniyat va ekologik tafakkurini yuksaltirishga oid ekologik bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish, umummilliy tadbirlarni muvofiqlashtirish, ekologik targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadid mutafakkirlari ekologik madaniyatga doir qarashlarining tarixiy – falsafiy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“tabiat – jamiyat – inson” tizimining uyg‘unligini ta’minlashda jadid mutafakkirlari qarashlaridagi ekologik madaniyatni shakllantiruvchi ekologik mas’uliyat, ekologik tafakkur, ekologik faoliyat omillarining umumbashariy ekologik muammolarni hal etish, tabiiy manbalardan oqilona foydalanish va shaxs ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga oid xulosalardan A–1–099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy –axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzudagi loyiha doirasida nashr etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlash va nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-327-son ma’lumotnomasi). Natijada, nashr etilgan qo‘llanmaning “Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri” nomli uchinchi bobning mazmunan boyishiga va jadid mutafakkirlari qarashlari asosida yoshlarda ekologik madaniyatni oshirishning tarixiy va zamonaviy yo‘nalishlarini ochib berishga xizmat qilgan;
jadid namoyondalari Fitrat, Cho‘lpon, Behbudiy huquqiy (ekologik burch va majburiyat), ijtimoiy-madaniy (ekologik ta’lim va savodxonlik), siyosiy (ekologik nazorat va xalqaro hamkorlik) qarashlari asosida ekologik madaniyatning davr ruhiyati bilan bog‘liqligiga doir ilmiy xulosa va tahlillardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Xalqimizning tarixiy merosi, urf – odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab – avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr – oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan turkum ma’naviy-targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 martdagi 02/07-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, jadid mutafakkirlari qarashlari asosida yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirish borasidagi targ‘ibot ishlari samaradorligini ta’minlashga, yoshlar ekologik savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirishda jadid mutafakkirlarining ijtimoiy borliqdagi differensial yondashuv (ekologik mas’uliyat, faollik, burch)lari bilan o‘zbek xalqi ekologik madaniyatining ijtimoiy mental xususiyatlaridagi ontologik va  dialektik aloqadorligiga oid ilmiy umumlashma va xulosalardan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ekologik madaniyatning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi tadbirlar ssenariylarini tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 noyabrdagi 02-05-2840-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi ekologik madaniyatini rivojlantirishda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni aniqlab olish, sog‘lom turmush tarzini joriy etishga xizmat qilgan;
jadid mutafakkirlari qarashlaridagi tabiat bilan xalq madaniyati uyg‘unligi tamoyillari asosida yosh avlodning ekologik madaniyat va ekologik tafakkurini yuksaltirishga oid ekologik bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni rivojlantirish, umummilliy tadbirlarni muvofiqlashtirish, ekologik targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi” asosida “Ekologik muammolar va ularning echimlari bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish” nomli band ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 14 dekabrdagi 14-13/2908–son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ekologik madaniyatga doir qarashlarini jadid mutafakkirlari ta’limotlari asosida rivojlantirishning zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish