Abdinazarova Feruza Umidillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Iqt199.
Ilmiy rahbar: [Umurzakov O‘ktam Pardaevich], iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdirashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Asqarov Nozim Niyazovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoat korxonalarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moyli ekinlarni etishtiruvchi va yog‘-moy sanoati korxonalari o‘rtasidagi xomashyo etishtirish va xarid qilish yuzasidan shartnoma munosabatlarida majburiyatlar, xom ashyoni qayta ishlash shartlari va normalari (tolling agreement) o‘zgarishini nazarda tutuvchi iqtisodiy mexanizm taklif etilgan;
moyli ekinlarni parvarishlovchi sub’ektlar va qayta ishlash korxonalari faoliyatini manfaatli integratsiyalash doirasida transaksiya xarajatlarini kamaytirish va foyda miqdori oshishiga qaratilgan agrosanoat klasterlarining raqobat ustunliklari asoslangan;;
Qashqadaryo viloyatida moyli ekinlarni etishtirish va qayta ishlash jarayonlarida kooperatsiya tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi hududiy yog‘-moy klasterining tarkibiy-tashkiliy tuzilmasi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish asosida aholini yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavciyalar acocida:
moyli ekinlarni etishtiruvchi va yog‘-moy sanoati korxonalari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ korxonalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 02/021-278-son, «O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 16 oktyabrdagi GP/3-2398-son ma’lumotnomalari). Natijada, kooperatsiya doirasidagi tadbirkorlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish va ularning huquqlarini xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan himoyalash imkoniyati yaratilgan;
moyli ekinlarni parvarishlovchi va qayta ishlovchi sub’ektlar faoliyatini integratsiyalash doirasida transaksiya xarajatlarini kamay-tirish va foyda miqdori oshishiga qaratilgan tavsiyalari Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ korxonalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi №02/021-278-son, «O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 16 oktyabrdagi GP/3-2398-son ma’lumot-nomalari). Natijada, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini o‘rtacha 10-15 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, tarmoq boshqaruvida zamonaviy usullarni qo‘llash maqsadida moyli ekinlar etishtiruvchi, ularni qayta ishlovchi hamda infratuzilma korxonalari ishtirokidagi yog‘-moy klasterini tashkil etish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ korxonalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi 02/021-278-son, «O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 16 oktyabrdagi GP/3-2398-son ma’lumotnomalari). Natijada, hududda qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari tadbirkorlari hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilma korxonalari faoliyati bo‘yicha olinadigan umumiy daromad miqdori 5-6 foizga oshgan;
aholini yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan iste’mol talabi hamda ushbu mahsulotlar import hajmini qisqartirishga qaratilgan 2025i yillargacha bo‘lgan rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ korxonalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi №02/021-278-son, «O‘zpax-tayog‘» AJning 2018 yil 16 oktyabrdagi GP/3-2398-son ma’lumotnomalari). Natijada, 2025 yilda 2019 yilga nicbatan viloyatda qo‘shimcha 8015,9 tonna dog‘lanmagan paxta yog‘i, 365,3 tonna maxsar, 49,8 tonna soya, 77,7 tonna kungaboqar yog‘i olinishi bashorat qilingan.