Hasanova Risolat Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Boshqaruv hisobida transfert bahoni shakllantirish va segmentar hisobot tuzishni takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt480.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshqaruv hisobida transfert bahoni shakllantirish va segmentar hisobot tuzish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterlarida oraliq mahsulotni chuqur qayta ishlash natijasida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjiri va transfert bahoni shakllantirishning differensial usuli ishlab chiqilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari operatsion segmentlari darajasida transfert baho va qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘yicha konsolidatsiyalashgan hisobot shakllarini hisob siyosatida aks ettirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
klaster tizimidagi xo‘jalik segmentlari va ularning quyi bo‘linmalarida investisiyalangan kapital daromadliligi(ROE)ga daromad rentabelligi va aktivlar aylanishi omillari ta’sirini hisoblashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
klasterlarda transfert bahoni shakllantirishda sof foydaning o‘sishiga bank kreditlari, mahsulot hajmi va mehnat resurslari kabi omillar ta’sirining 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klaster tizimidagi korxonalarda transfert bahoni shakllantirish va segmentar hisobot tuzish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlarida oraliq mahsulotni chuqur qayta ishlash natijasida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjiri va transfert bahoni shakllantirishning differensial usuli bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2021 yil 5 apreldagi 11-son bayonnomasi bilan uyushma tarkibidagi korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2021 yil 5 apreldagi 01/22-66-son ma’lumotnomasi). Klaster tizimidagi korxonalarda boshqaruv hisobining samarali usullarini qo‘llanilishi natijasida paxtani qayta ishlashda bir birlik mahsulot qiymati 1 AQSh dollaridan mato to‘qish jarayonigacha 7 AQSh dollariga o‘sishi ta’minlangan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari operatsion segmentlari darajasida transfert baho va qo‘shilgan qiymat zanjiri bo‘yicha konsolidatsiyalashgan hisobot shakllarini hisob siyosatida aks ettirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 9 iyuldagi 16-son bayonnomasi bilan uyushma tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 9 iyuldagi 03/20-2109-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyani korxonaning hisob siyosatiga kiritilishi natijasida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishga imkoniyat yaratilgan;
klaster tizimidagi xo‘jalik segmentlari va ularning quyi bo‘linmalarida investisiyalangan kapital daromadliligi(ROE)ga daromad rentabelligi va aktivlar aylanishi omillari ta’sirini hisoblash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 9 iyuldagi 16-son va “OQ SAROY KLASTER” MChJning 2021 yil 26 iyuldagi 20-son bayonnomalari bilan korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 9 iyuldagi 03/20-2109-son va “OQ SAROY KLASTER” MChJning 2021 yil 26 iyuldagi 379/01-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida “OQ SAROY KLASTER” MChJda javobgarlik markazlari bo‘yicha daromad rentabelligi 1,2% va aktivlar aylanishi 0,7 koeffisientga, jami aktivlar rentabelligi 0,84%ga oshishiga erishilgan;
klasterlarda transfert bahoni shakllantirishda sof foydaning o‘sishiga bank kreditlari, mahsulot hajmi va mehnat resurslari kabi omillar ta’sirining 2025 yilgacha ishlab chiqilgan prognoziga oid taklifi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi 2021 yil 5 apreldagi 11-son va “NAVBAHOR TEKSTIL” MChJning 2021 yil 13 apreldagi 5-son bayonnomalari bilan uyushma tarkibidagi korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2021 yil 5 apreldagi 01/22-66-son va “NAVBAHOR TEKSTIL” MChJning 2021 yil 13 apreldagi 285-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va sof foydani 2020 yil boshiga 577,8 mln.so‘mdan yil oxiriga 1607,1 mln.so‘mga oshishiga erishilgan. Bu ko‘rsatkich 2025 yil yakuniga borib 8-10 martagacha oshishi prognoz ma’lumotlari asosida aniqlangan.