Mutalova Gulnora Sattorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk o‘rta asrlar og‘zaki rivoyatlari «Ayyam al-arab» va ularning yozma adabiy shakllarga transformatsiyasi masalasi», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil112.

Ilmiy rahbar: Shamusarov Sharustam Giyazovich, filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Islomov Zohidjon Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Sharq xalqlari adabiyoti taraqqiyotida muhim rol` o‘ynagan, ilk o‘rta asrlar yozma manbasi «Ayyam al-arab» asarini adabiy yodgorlik sifatida asoslab berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«Ayyam al-arab» nafaqat qadimgi tarixiy manba sifatida, balki muhim adabiy yodgorlik ekanligi isbotlangan;

epik rivoyatning janri, badiiy va bayon qilish xususiyatlari hamda «Ayyam al-arab»ning narrativ va syujet kompozision tuzilishi asoslangan;

og‘zaki va yozma an’analarning o‘zaro mutanosibligi, ijodiyotning og‘zaki shakldan yozma adabiyot shakliga o‘tish davri hamda ushbu an’analarning o‘zaro aloqasi dalillab berilgan;

og‘zaki rivoyatlar «Ayyam al-arab» – ilk o‘rta asr arab adabiyoti namunasi sifatida tahlil qilinib, qabila rivoyatlarining fol`klor ildizlari va ularning epos bilan genetik bog‘langanligi isbotlangan;

o‘rta asrlar arab adabiyotida syujetlar manbasi sifatida og‘zaki rivoyatlarning ahamiyati asoslab berilgan, ularning islomgacha bo‘lgan va o‘rta asrlar hamda zamonaviy shoir va yozuvchilar ijodiga ta’siri dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 

Ilk o‘rta asrlar og‘zaki rivoyatlari «Ayyam al-arab» va ularning yozma adabiy shakllarga transformatsiyasi masalasini o‘rganish jarayonida erishilgan natijalar asosida:

o‘rta asrlar arab adabiyoti tarixi va janr xususiyatlari bilan bog‘liq materiallardan F1-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» fundamental loyihasida (2012–2016 yy.) foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 iyuldagi FTA-02-11/374-son ma’lumotnomasi). Natijada «Ayyam al-arab» asari ilmiy muomalaga kiritildi hamda og‘zaki rivoyatlarning yozma adabiy shakllarga o‘tish masalasini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qilgan;

o‘rta asrlar sharq adabiyotlarini chog‘ishtirma o‘rganish jarayonida dissertatsiya materiallaridan «Tipologiya i natsional`nie osobennosti srednevekovix literatur Vostoka» deb nomlangan tipologik tadqiqotni yaratishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 iyuldagi FTA-02-11/374-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘rta asrlar adabiy jarayonida og‘zaki rivoyatlarning o‘rni va ahamiyatini aniqlab olish, ularni jahon adabiyoti tarixiga kiritish imkoniyatini yaratgan;

og‘zaki arab hikoyachiligi, «Ayyam al-arab» asarining paydo bo‘lishi va to‘planish jarayoni, uning janri, bayon qilish va badiiy xususiyatlari bo‘yicha olingan materiallardan «Vostochnaya saga (plemennie predaniya arabov)» ilmiy asarida foydalanilgan (LAP LAMBERT Academic Publishing. – Saarbrücken, Germany. – ISBN 978-3-8465-9161-1). Mazkur natija sharqshunoslikda qadimgi va o‘rta asrlar arab nasri adabiyotini o‘rganishdagi bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish