Mirxamidov Mirziyod Vasildjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit rivojlanishi va personifikatsiyalangan davolashda yallig‘lanish oldi sitokin genlari polimorfizmining o‘rni», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib.1353.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Revmatoid artrit rivojlanishi va personifikatsiyalangan davolashda IL6 (C-174G), IL 1ß (T31C) va TNF-α (G308A) sitokinlari genlari polimorfizmini o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit kasalligi klinik, laborator va instrumental ko‘rsatkichlarining  IL6 (C-174G), IL 1ß (T31C), TNF-α (G308A) genlari genetik polimorfizmi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
ilk marta Il1ß  (T31C) va IL6-174 (G→C) genlarining birikmalari revmatoid artrit klinik kechishi va rivojlanishining prognostik mezonlari sifatida diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
Il1ß genining T31C polimorfizmi  revmatoid artrit kasalligi rivojlanishida mustaqil genetik markyor sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
IL6 (C-174G), IL1ß (T31C), TNF-α (G308A) genlari polimorfizmini hisobga olgan holda revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni olib borish uchun individual tamoyillar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
IL6 (S-174G), IL1β (T31C), TNF-α (G308A)  genlari polimorfizmiga bog‘liq holda revmatoid artritga chalingan bemorlar klinik kechishining o‘ziga xosliklari va davolash samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Interleykin-1β gen polimorfizmini o‘rganish orqali revmatoid artritning farmakoterapiyasida asoratlar xavfini prognoz qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Interleykin-1β gen polimorfizmini o‘rganish orqali revmatoid artritning farmakoterapiyasida asoratlar xavfini prognoz qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 8 n-d/3-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlar hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish, RAning qaytalanish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
RA bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Buxoro viloyati, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 avgustdagi 08-09/9566-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining joriy qilinishi revmatoid artritga chalingan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, ularning hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish hamda shifoxonada davolanish takroriyligi va muddatini qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish