Ruzmetova Novval` Vaxabdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘zbek halq an’analari asosida ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1707.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kuronov Muxammadjon Kuronovich,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek halq an’analari asosida talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘zaro bog‘langan korrelyasion komponentlarini (ijtimoiy-madaniy xabardorlik, ma’naviy-axloqiy boyitilganlik, axloqiy etuklik) rivojlantirishning aksiologik, pedagogik-psixologik, didaktik omillarini belgilash orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmi aniqlashtirilgan;
o‘zbek xalqining milliy an’analari, halq-amaliy san’ati namunalari(milliy matolar, zardo‘zlik san’ati, milliy gobelenlar (so‘zana, palak), gilamdo‘zlik, milliy libos va zargarlik buyumlari)ni o‘rganish metodikasi “Tarbiyaviy ish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda “Jigsaw”, “POPS formula”, “World cafe”, “Mind map” metodlarini qo‘llash natijasida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak dizayner-pedagoglarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirishning tuzilmaviy-funsional modeli tarkibiy qismlari (maqsadli, mazmunli, metodik, natijaviy bosqichlar) milliy g‘urur, o‘zini anglash, vatanparvarlik kabi shaxsiy fazilatlarini faoliyatda namoyon etish bosqichlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek xalqining milliy an’analari va halq-amaliy san’atiga asoslangan ijtimoiy-madaniy kompetensiya darajasini aniqlashning diagnostik apparati baholashning ko‘p bosqichli past (tanqidiy), o‘rta (adaptiv), yuqori (samarali) darajalarini qo‘llash asosida optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘zbek xalq an’analari asosida talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
bo‘lajak dizayner-pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘zaro bog‘langan komponentlarini (ijtimoiy-madaniy xabardorlik, ma’naviy-axloqiy boyitilganlik, axloqiy etuklik) rivojlantirishning aksiologik, pedagogik-psixologik, didaktik omillarini belgilashga oid metodik tavsiyalardan “Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish va o‘quv amaliyotini takomillashtirish uchun yangi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-amaliy laboratoriyalarni yaratish” (2019-2021yy.) akademik innovatsiyalar fondi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi  89-03-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Tarbiyaviy ish metodikasi” o‘quv fanini o‘qitishda “Jigsaw”, “POPS formula”, “World cafe”, “Mind map” metodlarini qo‘llash texnologiyalari “Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘zbek xalq an’analari asosida ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish” metodik ta’minoti mazmuniga singdirilgan hamda 5111000 – Kasbiy ta’lim (5320900 – Engil sanoat buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo‘nalishining o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 89-03-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar tarbiyaviy ish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘zbek xalq an’analari asosida ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish” nomli tajriba-sinov kursi bo‘yicha o‘quv dasturi hamda kursning “O‘zbekiston milliy halq-amaliy san’ati asosida talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish” metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, Termiz davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya institutlarining pedagogik amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 89-03-110-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar o‘zbek xalqi an’analari asosida talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
yoshlarda milliy g‘urur, o‘zini anglash, vatanparvarlik kabi shaxsiy fazilatlarini faoliyatda namoyon etish bosqichlarini belgilashga oid takliflari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2021 yil 14 iyuldagi 02/02-838-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom dunyoqarashni va ijodiy fikrlashni shakllantirish usullari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish