Mirziyatov Shuxrat Mirgiyazovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muqaddamatu-l-adab» asarida tilshunoslik, lug‘atshunoslik an’analari va arabiy-turkiy so‘zlikning leksik-semantik talqini», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil56.

Ilmiy rahbar: Islomov Zoxidjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Toshkent islom universiteti asosidagi bir martalik ilmiy kengash, DSc.27.06.2017.Tar/F/Fil.14/01.

Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor;Kuranbekov Ahmadkul, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: arab lug‘atshunosligining shakllanish tamoyillari, «Muqaddamatu-l-adab»ning Xorazm nusxasidagi arabiy-turkiy so‘zlikning grammatik, leksik-semantik tahlili, jahon lug‘atshunosligidagi o‘rnini belgilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Mahmud Zamaxshariy so‘zlarning ichki o‘zaklarini alifbo tartibida joylashtirish tizimini joriy etgan arab lug‘atshunosligining uchinchi maktabi asoschisi ekanligi dalillab berilgan;

qo‘lyozmadagi turkiy so‘zlikning ma’no xususiyatlari ochib berilgan va uning vositasida leksik qatlami XIII–XIV asrlarga mansub ekanligi isbotlangan;

ilk marotaba «Muqaddamatu-l-adab» lug‘atshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etilib, asar zarur grammatik qoidalar kiritilgan eng birinchi ko‘p tilli lug‘at ekanligi dalillangan;

«Muqaddamatu-l-adab»ning turkiy so‘zlik kiritilgan eng qadimiy Xorazm qo‘lyozmasining lug‘atshunoslik, tilshunoslik, manbashunoslik taraqqiyotidagi o‘rni asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

«Muqaddamatu-l-adab» asarida tilshunoslik, lug‘atshunoslik an’analari va arabiy-turkiy so‘zlikning leksik-semantik talqini bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

ilmiy tadqiqot natijalari  «F-1-139 Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» (2013–2016) mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida Abbosiylar davri adabiyotida janrlar takomillashuvi va tipologiyasini yoritishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligi 2017 yil 18 iyuldagi 02-11/344-son ma’lumotnomasi).  Natijada islom tarixiga oid kitoblardagi hadislarni tizimga solishda hamda Mahmud Zamaxshariy tomonidan «Qur’on»da tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlashda asos bo‘lgan;

Mahmud Zamaxshariyning boy ilmiy merosi, uning bizgacha etib kelgan asarlari va ularning qisqacha tavsifi, ayniqsa olimning arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarining ahamiyati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Biz kimlarning ajdodimiz?» nomli turkum ko‘rsatuvlarining Mahmud Zamaxshariy haqidagi sonida yoritilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 28 avgustdagi 01-17/666-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar Mahmud Zamaxshariyning ilmiy merosi, til va tilshunoslik taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.

Arab va turkiy tillardagi so‘zlik tahlili asosida «Arab filologiyasiga kirish» («مقدمة اللغة العربية») nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasining 2011 yil 3 oktyabrdagi 403/27/42-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanma filolog mutaxassislarning arab tilshunosligi va lug‘atshunosligining paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, lug‘atchilik prinsiplarini o‘rgatishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish