Axmedov Erkin Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Virtual ta’lim texnologiyalari vositasida umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish” (texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari misolida), 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Ped1495.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni vizual-ko‘rgazmalilik va axborotlilik tamoyillari asosida o‘qitish orqali talabalarda divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi umumkasbiy kompetensiyalar virtual ta’lim vositasida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va virtual ta’lim vositalarini o‘quv bosqichlariga ko‘ra integratsiyalash asosida umumkasbiy fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari tuzilmasi (maqsad, vazifa, texnik yo‘riqnoma va amaliy ko‘nikma) mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro aloqadorligi uzviylashtirilgan; 
bo‘lajak muhandislarining umumkasbiy fanlar bo‘yicha amaliy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “virtual training” va “case study” kabi interfaol metodlarni qo‘llash asosida muammoli va ijodiy topshiriqlarni bajarish tartibini pedagogik darajalash va texnik tavsiflash orqali virtual laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quv-metodik ta’minoti materiallari takomillashtirilgan; 
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlardan talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishga mo‘ljallangan virtual ta’lim texnologiyalari va tashxislovchi pedagogik dasturiy vositalar asosida talabalar umumkasbiy kompetentligini baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv va faoliyatli) ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida virtual ta’lim texnologiyasi vositasida umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish  bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni vizual-ko‘rgazmalilik va axborotlilik tamoyillari asosida o‘qitish orqali talabalarda divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi umumkasbiy kompetensiyalarni virtual ta’lim vositasida  rivojlantirishga oid takliflardan 5310600 – Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26-noyabrdagi 89-03-4947-son ma’lumotnoma). Natijada ushbu takliflar texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va virtual ta’lim vositalarini o‘quv bosqichlariga ko‘ra integratsiyalash umumkasbiy fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari tuzilmasi (maqsad, vazifa, texnik yo‘riqnoma va amaliy ko‘nikma) asosida mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro aloqadorligi uzviylashtirishga  oid metodik tavsiyalar va takliflar esa Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining“AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining“AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihalari doirasida bajarilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26-noyabrdagi 89-03-4947-son ma’lumotnoma). Natijada, ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan virtual ta’lim texnologiyalari bo‘lajak muhandislarda umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarining umumkasbiy fanlar bo‘yicha amaliy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “virtual training” va “case study” kabi interfaol metodlarni qo‘llash asosida muammoli va ijodiy topshiriqlarni bajarish tartibini pedagogik darajalash va texnik tavsiflash orqali virtual laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quv-metodik ta’minoti materiallarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar, “Elektrotexnika va elektronika” fani bo‘yicha mul`timediali elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26-noyabrdagi 89-03-4947-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif va tavsiyalar bo‘lajak muhandislardan divergent, fazoviy va texnik fikrlash kabi umumkasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish