Gaziev Adxamning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning ekologik va genetik asoslari”, 06.02.01 – Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.1.DSc/Qx181.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar Aripov O‘ktam Xadjimuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Ramazonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ashirov Baxtiyor Murodullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli ekologik urchitish hududlarida muhim seleksion belgilar namoyon bo‘lishining maksimal va minimal chegaralarini, ularning irsiy asoslanganlik va mustahkamlanganlik, irsiylanish va korrelyasion bog‘liqlik darajalarini aniqlash asosida qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning ekologik – genetik asoslarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor turli tashqi muhit sharoitida qorako‘l qo‘ylari muhim seleksion belgilarining namoyon bo‘lish va o‘zgaruvchanligini o‘ranish asosida qo‘zilarni tanlashning optimal muddatlari turli belgilar bo‘yicha qumli va gipsli cho‘lda 16-22, adir sharoitida 10-15 kun ekanligi  aniqlangan;
ilk bor turli ekologik sharoitda qorako‘l qo‘ylarining qimmatli genofondini kengaytirish va sertifikatsiyalash asosida qorako‘l terilari eksportbopligini 10,0-23,7 foizgacha oshirishning ekologik-genetik omillari aniqlangan;
ilk bor turli ekologik sharoitda qorako‘l qo‘ylarida irsiy asoslangan belgilarning namoyon bo‘lish, irsiylanish va bog‘liqlik xususiyatlari o‘rganilgan va ularning genetik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari aniqlash asosida muhim ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lish darajalarini belgilar miqyosida 24,38 foizgacha oshirish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor turli ekologik hududlarda qorako‘l qo‘ylari mahsuldorlik salohiyatini boshqarishning besh muhim belgilarga asoslangan soddalashgan usullari ishlab chiqilgan va ushbu usullar ularning korrelyasion bog‘liqlik koeffisientini 0,83 gacha, irsiylik koeffisientini 0,64 gacha oshirishni ta’minlagan; 
ilk bor turli ekologik hududlarda qorako‘l qo‘y zotining salohiyatidan unumli foydalanish orqali yuqori sifatli qorako‘l mahsuloti salmog‘ini 91,5 foizgacha ko‘paytirishning ilmiy asoslangan yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning ekologik-genetik asoslarini ishlab chiqish yo‘nalishida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida ishlab chiqilgan:
turli “genotip va tashqi muhit” muvozanatida muhim seleksion belgilarining namoyon bo‘lish va o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida qo‘zilarni tanlashning optimal muddatlarini aniqlash usuli Buxoro viloyatining “Jongeldi” qorako‘lchilik MChJ da joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 13 iyuldagi 3-1/786-son  ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini etishtirishdan olingan sof foyda 12,3 ming so‘mni, rentabellik darajasi 56,8 foizni tashkil etgan;
turli “genotip va tashqi muhit” muvozanatida muhim seleksion belgilarining namoyon bo‘lish va o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida qo‘zilarni tanlashning optimal muddatlarini aniqlash usuli Navoiy viloyatining “Saribel”  (hozirgi “Yangikazgan nurli diyor”) qorako‘lchilik MChJ da joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 13 iyuldagi 3-1/786-son  ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini etishtirishdan olingan sof foyda 12,6 ming so‘mni, rentabellik darajasi 57,8 foizni tashkil etgan;
turli “genotip va tashqi muhit” muvozanatida muhim seleksion belgilarining namoyon bo‘lish va o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida qo‘zilarni tanlashning optimal muddatlarini aniqlash usuli Navoiy  viloyatining “Nurota” (hozirgi “Nurota qorako‘l naslchilik”) qorako‘lchilik MChJ da joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 13 iyuldagi 3-1/786-son  ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisini etishtirishdan olingan sof foyda 12,5 ming so‘mni, rentabellik darajasi 57,2 foizni tashkil etgan;
qorako‘l qo‘ylari irsiy asoslangan belgilarining namoyon bo‘lishi bo‘yicha ularning irsiy salohiyatidan samarali foydalanish usuli Buxoro viloyati “Jongeldi” MChJ da joriy etilgan (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 13 iyuldagi 3-1/786-son  ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisidan sof foyda 10,8 ming so‘mni, rentabellik darajasi 47,9 foizni tashkil etgan;
qorako‘l qo‘ylari irsiy asoslangan belgilarining namoyon bo‘lishi bo‘yicha ularning irsiy salohiyatidan samarali foydalanish usuli Navoiy viloyati “Saribel” (hozirgi “Yangikazgan nurli diyor”) MChJ da joriy etilgan  (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 13 iyuldagi 3-1/786-son  ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisidan sof foyda 11,5 ming so‘mni, rentabellik darajasi 49,9 foizni tashkil etgan;
qorako‘l qo‘ylari mahsuldorlik salohiyatini boshqarishning soddalashtirilgan usuli Buxoro viloyati “Jongeldi” MChJ da joriy etilgan  (Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 13 iyuldagi 3-1/786-son  ma’lumotnomasi). Natijada 1 dona qorako‘l terisidan sof foyda 11,2 ming so‘mni, rentabellik darajasi 49,8 foizni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish