Xidirov Suxrob Norbo‘taevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim tizimini konseptual takomillashtirishda sotsiologik yondashuv»: 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/S53.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abduazimov Oqiljon Utkurovich, sotsiologiya fanlari doktori; Saifnazarov Ismail Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini konseptual takomillashtirishda sotsiologik yondashuvning ijtimoiy o‘rni va ahamiyatini ochib berish orqali uning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda kredit tizimi samaradorligini ta’minlashda milliy makonimizga mos bo‘lgan «Ierarxik – mental yondashuv» (kuzatuv, anketa tarzida yozma, og‘zaki savol-javob, interv`yu, sotsiometriya, ekstrapolyasiya, kontent tahlil usullari bilan bog‘liq holda) usulining avfzalligi isbotlangan;
dars mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini baholashning sotsial indikatorlari (funksional, institusional, fragmentar, ivent aksiologik, pragmatik, prakseologik, muammoli, konseptual, vaziyatli, korrelyasion, klasterli, semantik, diskurs tahlil) xalqaro standart mezonlari asosida ochib berilgan; 
yoshlar bandligini ta’minlashda yuqori malakali kadrlarni mehnat bozorida zarur bo‘lgan va ish beruvchilar talab qiladigan  bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish va ularning mehnat faoliyati davomida yangilash imkoniyatlarini berishda oliy o‘quv yurtlarining ahamiyati ochib berilgan;
masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan o‘quv muhitining texnologik, pedagogik va tashkiliy-metodik mezonlari, sotsiomadaniy jihatlari va sotsiologik-paradigmal xususiyatlari  ochiqlik tamoyili asosida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Oliy ta’lim tizimini konseptual takomillashtirishda sotsiologik yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limda kredit tizimi samaradorligini ta’minlashda milliy makonimizga mos bo‘lgan «Ierarxik – mental yondashuv» (kuzatuv, anketa tarzida yozma, og‘zaki savol-javob, interv`yu, sotsiometriya, ekstrapolyasiya, kontent tahlil usullari bilan bog‘liq holda) usulining avfzalligi isbotlangan (Oliy ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2763-son ma’lumotnomasi). Natijada «Elektron veb-so‘rov» dasturi foydalanishga topshirilgan, dastur orqali elektron veb-so‘rov o‘tkazish metodikasini yaxshilash hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkonini bergan;
dars mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini baholashning sotsial indikatorlari (funksional, institusional, fragmentar, ivent aksiologik, pragmatik, prakseologik, muammoli, konseptual, vaziyatli, korrelyasion, klasterli, semantik, diskurs tahlil) xalqaro standart mezonlari asosida ochib berilganligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining «Rahbar kadrlarni tayyorlash» o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 02-1410-son ma’lumotnomasi). Natijada dars mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini baholash indikatorlari jarayonida qo‘llanilgan, shuningdek, magistratura tinglovchilariga ECTS (European Credit Transfer and Accumulating System) – Evropa kredit almashish tizimini joriy etish hamda masofaviy ta’lim platformasida o‘quv resurslarini yaratish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish imkonini bergan; 
yoshlar bandligini ta’minlashda yuqori malakali kadrlarni mehnat bozorida zarur bo‘lgan va ish beruvchilar talab qiladigan  bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish va ularning mehnat faoliyati davomida yangilash imkoniyatlarini berishda oliy o‘quv yurtlarining ahamiyati ochib berilganligiga oid taklifidan «Oliy ta’lim tizimini konseptual takomillashtirish» bo‘yicha video-darslarni tashkil etish, masofaviy o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy yondashuvlar asosida «Video-dars tayyorlash texnologiyasi» nomli barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun namunaviy o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-sonli buyrug‘i, 522-108 raqamli guvohnomasi). Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun video-dars tayyorlash texnologiyasi samaradorligini oshirish va o‘zlashtirish imkonini bergan;
masofaviy ta’lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan o‘quv muhitining texnologik, pedagogik va tashkiliy-metodik mezonlari, sotsiomadaniy jihatlari va sotsiologik-paradigmal xususiyatlari  ochiqlik tamoyili asosida asoslanganligiga oid taklifidan masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2763-son,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lumotnomalari). Natijada onlayn va oflayn video mashg‘ulotlari sifat indikatori yaratilgan, professor-o‘qituvchilarning kredit tizimi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish