Saparov Abdiraxman Danabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston suv omborlari Kolovratkalari (Rotifera) (faunasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyati)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/B97.
Ilmiy maslahatchi: Mirabdullaev Iskandar Mirbatirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlari doktori, professor; Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydullo, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston suv omborlari kolovratkalar faunasi taksonomik inventarizatsiya qilish, ekologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini asoslash hamda suv ekotizimida ularning ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston suv omborlari kolovratkalari faunasining holati tahlil qilinib, 159 turdan iborat zamonaviy tur tarkibi aniqlangan;
ilk bor Markaziy Osiyo faunsi uchun kolovratkalarning yangi to‘rt turi Lecane pumila (Rouselet, 1906), Lecane sola Hauer, 1936, Phylodina cf. citrina Ehrenberg 1832, Scepanotrocha cf. rubra Bryce, 1910 aniqlangan;
kolovratka (Rotifera) tipi taksonlarini maqbul ravishda identifikatsiya qilish uchun samarali aniqlagich-kaliti yaratilgan;
Lecane pumila, Lecane sola, Phylodina cf. citrina, Scepanotrocha cf. rubra kolovratka turlarning tuzilishi, o‘zgaruvchanligi va ekologik xususiyatlari ochib berilgan;
O‘zbekiston suv omborlari kolovratkalarining suv havzalari va biotoplar turlari bo‘yicha taqsimlanishi asoslangan;
O‘zbekiston suv omborlari kolovratkalarining mavsumiy rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
Orol dengizi mintaqasi suv ekotizimida kolovratkalarning amaliy ahamiyati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston suv omborlari kolovratkalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston suv ekotizimida suvlarning ifloslanishini biotestlashda kolovratkalardan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 19 noyabrdagi 02/18-1-2226-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy va chiqindi suvlarning ifloslanishini oldini olish imkonini bergan;
Baliqchilik suv omborlarida kolovratkalardan baliqlarning tabiiy oziqasi sifatida foydalanish yo‘llari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 01/027-2720-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik ho‘jaliklarida hovuzlardagi baliqlar mahsuldorligini ko‘paytirish hamda baliq chavoqlarini kolavratkalar orqali oziqlantirish evaziga ularning yashovchanligini oshirish imkonini bergan;
Suv havzalarida saprobitni bioindikatsiyalashda kolovratkalardan samarali foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy-uslubiy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 03/08-3-388a-son ma’lumotnomasi). Natijada, evtrofikatsiya uchragan suv omborlarida biomassasi kamayib ketayotgan plankton organizmlarning sonini saqlab qolish imkonini bergan.