Tajiev Qudrat Qadirberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amudaryo hozirgi del`tasi chap qirg‘og‘ining tabiiy-meliorativ sharoitini baholash», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Gr129.
Ilmiy rahbar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Ibragimova Rana Alimboevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amudaryo hozirgi del`tasi chap qirg‘og‘ining tabiiy-meliorativ sharoitini ochib berish va baholashda rel`ef plastikasi usulining rolini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er usti suv oqimi, rel`efning “daraxtsimon” shakli va tabiiy-meliorativ sharoitning strukturasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik mavjudligi aniqlangan;
elyuvial, trans-elyuvial, superakval elementar landshaftlari bilan tabiiy-meliorativ sharoitning murakkablashgan, o‘rta murakkab, murakkab, o‘ta kuchli murakkablik darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
Amudaryo hozirgi del`tasi chap qirg‘og‘ining 1:100000 masshtabdagi “Tuproqlarning sho‘rlanish darajasi” hamda “Tabiiy-meliorativ sharoitni baholash” kartalari ArsGIS dasturida yaratilgan;
ilk bor sug‘oriladigan hududlarning er-suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning roli ko‘rsatilib, kollektor havzalarida tabiiy-meliorativ sharoiti murakkablik darajalarining tartib bilan o‘zgarishi hududni yaxlit tabiiy-meliorativ rayon ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amudaryo hozirgi del`tasi chap qirg‘og‘ining tabiiy-meliorativ sharoitini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
del`ta hududining er-suv resurslaridan oqilona foydalanishda er usti suv oqimi, rel`efning “daraxtsimon” shakli va tabiiy-meliorativ sharoitning strukturasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar Qoraqalpog‘iston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining uchinchi ustivor yo‘nalishida belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 01/013-1565-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan massivlardagi tuproqlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash imkonini bergan;
Amudaryo hozirgi del`tasi chap qirg‘og‘ining sho‘rlanish darajasi va tabiiy-meliorativ sharoitini baholash kartalari rel`ef plastikasi usuli asosida birinchi marotaba tuzilgan bo‘lib, ulardan kollektor havzasida joylashgan fermer xo‘jaliklari erlarning meliorativ holatini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini tizimli joylashtirish sxemasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 01/013-1565-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemasini takomillashtirish imkonini bergan;
tabiiy-meliorativ sharoitning murakkablik darajalariga ta’sir etuvchi elementar landshaft guruhlarining roli ilk bor ochib berilgan bo‘lib, rel`ef strukturasini hisobga olgan holda tuproqlarning meliorativ holatini baholash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 01/07-3-246-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekin turlarini er usti suvlari oqimi yo‘nalishida joylashtirish hisobiga hosildorlik oshishi va suv resurslarini yanada tejash imkonini bergan;
rel`ef plastikasi usuli asosida yaratilgan kartalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 10 oktyabrdagi 02/18-1-2058-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiat komponentlarini o‘zgarishini baholash usullari asosida olingan analitik kartalar tizimi antropogen va tabiiy landshaftlar almashinadigan hududlarda ekotizim rivojlanishi, o‘zgarishi monitoringini olib borish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish