Xaydarov Furkat Ganievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tipologik xususiyatlarga bog‘liq ravishda eksperimental bosh miya jarohatlarining morfo-fiziologik jihatlari va korreksiyalash yo‘llari», 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.16 - Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1207.
Ilmiy rahbarlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Yorkin Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Sayyora Muxammadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: X.A. Yassaviy nomidagi xalkaro qozog‘-turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: tipologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda tajribaviy bosh miya jarohatlarining morfofiziologik jihatlarini o‘rganish va korreksiyalash yo‘llari aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
engil bosh-miya jarohatidan keyin yuzaga chiqqan bosh miya to‘qimalaridagi barcha buzilishlarning tajribaviy modeli ishlab chiqilgan; 
tajribaviy hayvonlar organizmida tipologik xususiyatlarni to‘g‘ri aniqlash imkonini beruvchi psixonevrologik testlar belgilangan; 
glisin preparatlari va kurkumin fitopreparatlari, shuningdek ularning kompleksi ta’sir qilganida miya to‘qimasida patomorfologik va patofiziologik o‘zgarishlarning solishtirma tahlili o‘tkazilgan;
tajribaviy tadqiqotlardan olingan natijalar asosida jarohatdan keyingi davrda erta bosqichlarda bosh miya faoliyatidagi buzilishlarni korreksiyalash uchun samarali miqdori belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tipologik xususiyatlarga bog‘liq ravishda tajribaviy bosh miya jarohatlarining morfofiziologik jihatlari va korreksiyalash yo‘llarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
laboratoriya hayvonlari tajribasida engil darajadagi bosh miya jarohatlari buzilishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Laboratoriya hayvonlari tajribasida engil darajadagi bosh miya jarohatlari buzilishlarini korreksiyalash metodlari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/375-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba hayvonlari modellarida bosh miya jarohatlarida namoyon bo‘luvchi markaziy nerv tizimi buzilishlarida asosiy tuzatuvchi dori vositasining ajratish imkonini bergan;
bosh miya jarohatining tajribaviy modelini yaratishning asosiy bosqichlari va mezonlari baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajriba hayvonlarida engil darajadagi bosh miya jarohatini modellashtirish bo‘yicha harakatlar algoritmi va ularning faollikka ta’sirini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/376-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amalaiyotga qo‘o‘lanilishi natijasida bosh miya jarohatining engil darajadan so‘ng hosil bo‘lgan funksional buzilishlarni korreksiyalashda kurkumin bilan monoterapiyani o‘tkazish bilan bir qatorda 75 mg/kg miqdorda kurkumin+glisin kompleksini qo‘llash  orqali kasallikni samarali davolash imkonini bergan;
eksperimental bosh miya jarohatlarining morfo-fiziologik jihatlari va korreksiyalash bo‘yicha ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasining klinik amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 avgustdagi 08-09/9495-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ish natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bosh-miya engil shikastlanishida asoratlar rivojlanishining xavf omillarini aniqlashga, qiyosiy tashxislash, zamonaviy davolash algoritmi va usullarini ishlab chiqishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish