Qaraxonova Sarvinoz Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nevrozda xavotirli-fobik sindromning psixologik strukturasi va tibbiy- psixologik yordamni takomillashtirish», 19.00.04 – Tibbiy va maxsus psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Psi64.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulug‘bek Xudayarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Velilyaeva Aliya Sabrievna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: nevrozda xavotirli-fobik sindromning psixologik strukturasi va tibbiy - psixologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor psixoemotsional buzilishlar negizida bemor uchun aslida xavfli bo‘lmagan vaziyatlar va ob’ektlar sababli paydo bo‘ladigan xavotir va fobiya, boshqa psixoemotsional buzilishlarga qaraganda yaqqol namoyon bo‘lishi, surunkali tus olishi va turg‘unligi bilan xavotirli-fobik sindrom shakllanishida va klinik kechishida muhim ahamiyat kasb etishi klinik-psixologik tekshiruvlar, vegetativ statusni aniqlash va psixologik testlar yordamida ilmiy asoslangan;
xavotirli-fobik buzilishlarning klinik strukturasi ilk bor shaxs tiplariga uzviy bog‘liqligi (melanxoliklarda xotira pasayishi, fikrlar inertligi, yig‘loqilik, o‘ziga ishonchsizlik, bradikardiya, arterial gipotoniya, bradipnoe, gipogidroz, xoleriklarda shoshqaloqlik, taxikardiya, kardialgiya, sefalgiya, taxipnoe, arterial gipertoniya, gipergidroz bilan yaqqol ifodalangan bo‘lsa, xavotir va fobiya aniqlangan sangvinik va flegmatiklarda esa ushbu psixoemotsional buzilishlar sust ifodalanishi) o‘tkazilgan psixometrik tadqiqotlar natijalari asosida isbotlangan.
ilk bor xavotirli-fobik buzilishlar shaxs tiplariga bog‘liq bo‘lgan holda kognitiv funksiyalarga turlicha ta’sir qilishi, xususan diqqat tarqoqligi va xotira pasayishi kortikal funksiyalarning bevosita izdan chiqishi bilan emas, balki xavotir va fobiyaning diqqat konsentratsiyasi va eslab qolish darajasiga salbiy ta’siri tufayli yuzaga kelishi korrelyasion tadqiqot natijalari asosida ilmiy asoslangan.
xavotirli-fobik buzilishlarni korreksiya qilishda ilk bor takomillashtirilgan ratsional emotiv hulq-atvor psixoterapiyasi asosidagi algoritmi shaxs tipi, psixovegetativ buzilishlar darajasi va kognitiv funksiyalarga asoslangan holda (melanxoliklar uchun shaxs xususiyatlarini faollashtiruvchi, xoleriklar uchun mo‘’tadillashtiruvchi tizim) ishlab chiqildi va psixometrik korrelyasion tadqiqot natijalari asosida yuqori darajadagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nevrozda xavotirli-fobik sindromning psixologik strukturasi va tibbiy-psixologik yordamni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xavotirli-fobik buzilishlar melanxolik va xolerik tipdagi shaxslarda yaqqol simptomlar bilan namoyon bo‘lishi va ushbu buzilishlar bemorlarning kognitiv sferasida ham aks etishining psixometrik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 8n-d/266-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatkichlardan tibbiy psixologiya amaliyotida bemorlarning nafaqat sub’ektiv shikoyatlarini, balki ularning shaxs xususiyatlarini ham inobatga olgan holatda bajarilishi asosida tibbiy-psixologik davo samardorligini kuchaytirish imkonini bergan;
xavotirli-fobik sindromda kognitiv o‘zgarishlar kasallikning klinik strukturasiga, xavotir va fobiya darajalari ko‘rsatkichlari yuqoriligiga to‘g‘ri proporsional ravishda pasayib borishining korrelyasion tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tibbiyot xodimlari uchun ishlab chiqilgan «Xavotirli-fobik buzilishlarning erta diagnostikasi va psixoterapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-d/580-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir bemorni psixologik jihatdan o‘rganish, uning kognitiv tizimidagi buzilishlarni ilmiy baholash, ob’ektiv tavsiflashni oshirish imkonini bergan;
xavotirli-fobik sindromda psixoterapevtik yordamni psixoemotsional va kognitiv sferasidagi buzilishlarni e’tiborga olgan holda o‘tkazish zarurligi, uning samaradorligi, xavotirli-fobik sindromning psixologik strukturasiga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishi asosida olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Intellektual mulk konsultativ markazining 2020 yil 21 fevraldagi №002029 guvohnomasi). Natijada xavotirli-fobik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda ushbu sindromni erta muddatlarda tashhislash, psixoterapevtik yordamni takomillashtirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnatga layoqatlilikni qisqa fursatlarda tiklash uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligini takomillashtirish imkonini bergan.