Iskandarov Marat Muxtarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda idiopatik skoliozni tashxislash va davolashni optimallashtirish», 14.00.22 - Travmatologiya va ortopediya, 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib540
Ilmiy rahbarlar: Zufarov Aziz Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Umarxodjaev Fatxulla Rixsixodjaevich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar va o‘smirlarda idiopatik skoliozni tashxislash va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor idiopatik skoliozni yetakchi sabablari tuzilmasi va darajasi 4 ta muxim (F-2: umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi bo‘yicha nasliy o‘zgarishlar, F-3: 10 yoshdan keyin deformatsiya aniqlangani, F-6: skeletning boshqa defektlari bilan birga kuzatilishi, F-10: suyak to‘qimasining mineral zichligining pasayganligi) omillar ko‘rsatkichlari ortishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
bolalar va o‘smirlarda idiopatik skolioz umurtqa pog‘onasi funksiyasining buzilishi suyakli o‘siqlarning o‘rta chiziqdan chetga og‘ishi, kuraklarning asimmetrik joylashishi, elka usti balandligining turlicha ekanligi, qovurg‘a bukriligi va Nesh-Moe bo‘yicha torsiya mavjudligi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor idiopatik skolioz bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Z-mezoni bo‘yicha suyak to‘qimasi mineral zichligi ko‘rsatkichlarining pastligi suyakning osteosintetik faolligi pasayishi va umurtqa pog‘onasi konfiguratsiyasi o‘zgarganligi bilan proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
idiopatik skoliozli bolalar jismoniy statusidagi funksional xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar keyinchalik poliorgan patologiya bilan og‘irlashuvi xamda pastbo‘ylik va oqsil–energetik etishmovchiligi rivojlanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Bolalar va o‘smirlarda idiopatik skoliozni tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
bolalar va o‘smirlarda idiopatik skoliozni erta tashxislash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda idiopatik skoliozni bashoratlash va davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 martdagi 8n-d/50-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi idiopatik skoliozni erta aniqlash, kechishini bashoratlash va o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga xizmat qilgan;
bolalar va o‘smirlarda idiopatik skoliozni paydo bo‘lishi va rivojlanishi  asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda idiopatik skoliozning rivojlanish xavfini bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 martdagi 8n-d/50-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi idiopatik skolioz shubxa qilingan bolalarni erta tashxislash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga  xizmat qilgan;
bolalar va o‘smirlarda idiopatik skoliozni tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Andijon viloyati Jalolquduk tumani tibbiyot birmashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, “Azimed-shifo” xususiy klinikasi va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi №8n-z/188-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi idiopatik skolioz bilan kasallangan bolalarda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning tashqi ko‘rinishi va qomatini tiklanishiga xamda xayot sifatini yaxshilanishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish