Axmedov Axad Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarining jarrohlik korreksiyasi oqibatining klinik-immunologik prediktorlari», 14.00.36 - Allergologiya va immunologiya; 14.00.35 – Bolalar xirurgisi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1015
Ilmiy rahbar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna: tibbiyot fanlari doktori, professor; Jian Parigi Battista, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini xirurgik korreksiyalash natijalarining klinik-immunologik prediktorlarini aniqlash va baholash hamda eksperimentda timusni autoimplantatsiya qilish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ko‘k” tug‘ma yurak nuqsonlari (Fallo tetrdasi va magistral tomirlar transpozisiyasi)ga CD4+ limfotsitlarning nihoyat darajadagi etishmasligi va CD8+ limfotsitlarning ko‘payishi xosligi aniqlandi. CD8+ limfotsitlarining konsentratsiyasi bolalardagi tug‘ma yurak nuqsonlari turi va tipiga bog‘liqligi aniqlandi;
tajribada bajarilgan timektomiya eksperimental hayvonlar (quyonlar) organizmining immunologik prediktorlari o‘zgarishidagi sezilarli muvozanat buzilishini keltirib chiqargani, bu esa eksperimentdagi operatsiya natijalarining salbiy prognoziga olib kelganligi isbotlandi;
laboratoriya hayvonlari (quyonlar) ustida o‘tkazilgan tajribada birinchi marta timus autoimplantatsiyasi usuli ishlab chiqildi va uning klinik-immunologik samaradorligi isbotlandi. Hayvonlarda autotoimplantatsiya qilingan timusning ular hayotining 5,5 oyi davomida faoliyati aniqlandi;
Timusning autoimplantatsiyasidan keyingi dastlabki 9 haftasi davomida CD3+, CD4+ - va CD8+ limfotsitlarining ishonchli darajada tiklanishi kuzatildi. Hujayraviy immunitetining parametrlari bilan quyonlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi, bu hayvonlarda harakat faolligi va ozuqa iste’molining pasayishi, timus autoim¬plantatsiyasining salbiy natija bilan tugashini tasdiqlaydi;
Timektomiya operatsiyasidan keyingi davrda CD3+ -, CD4+ -, CD+ 8- hujayralar miqdori va haftalik vazn ortishi ko‘rsatkichlari, hayvon jun qoplamasining qalinligi orasida kuchli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijobiy bog‘liqlik aniqlandi, timusning autoimplantatsiyasida CD16 + limfotsitlar miqdori va haftalik vazn ortishi, jun qalinligi orasida kuchli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijobiy bog‘liqlik, shuningdek, vazn, jismoniy faollik va ozuqa iste’mol qilish o‘rtasidagi kuchli, teskari salbiy bog‘liqlik aniqlandi, bu esa transplantantning yashab ketishini oldindan bashorat killish imkonini beradi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini xirurgik korreksiyalash natijalarining klinik-immunologik prediktorlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar hamda eksperimentda timusni autotoimplantatsiya qilish usuli ishlab chikilganlarga asoslanib:
tug‘ma yurak nuqsonlarini xirurgik korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan "Tug‘ma yurak nuqsonlarini xirurgik korreksiyalashda timusni autoimplantatsiya qilish usuli" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 martdagi 8 n-r/182-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodik tavsiyalar eksperimentda autoimplantatsiya usulining immunologik samaradorligini baholashga imkon berdi;
tug‘ma yurak nuqsonlarini xirurgik korreksiyalshda timusni uning jismoniy rivojlanish bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan "Tug‘ma yurak nuqsonlarini xirurgik korreksiyalshda timusni uning jismoniy rivojlanish bilan bog‘liqligini hisobga olish bilan autoimplantatsiya qilish usullarini joriy etish" metodik tavsiyalari tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8 n-r/205-sonli xulosasi). Ushbu tavsiyalar mazkur usulni samarali tatbiq etishga, shuningdek uning eksperimental hayvonlarning jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liqligini baholashga imkon berdi.
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan RShTYoIMning Buxoro filiali, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Samarqand viloyat bolalar jarrohlik markazi (SamDavTI 2-klinikasi) amaliy faoliyatiga joriy qilindi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 martdagi 8N-d/119-son ma’lumotnomasi). Natijada, laboratoriya hayvonlarida o‘tkazilgan tajribada timusni autoimplantatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan va uning klinik-immunologik samaradorligi isbotlangan bo‘lib, u tug‘ma yurak nuqsonlarini korreksiyalashni takomillashtirish uchun dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar qo‘llanilgan bu esa o‘z navbatida bolalarni immuniteti tiklanishi va xayot sifatini oshirishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish