Jo‘raev Muzaffar Raxmatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona havzasida oltingugurtli suvlarning istiqbolli to‘plamlarining hosil bo‘lish xususiyatlari», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/GM1.

Ilmiy rahbar: Bakiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DK.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashboy, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «Gidromineral resurslar geologiyasi» ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona havzasida vodorod-sul`fidli suvlarning istiqbolli to‘plamlarining hosil bo‘lish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Farg‘ona havzasida vodorod-sul`fidli suvlarni tarqalish va hosil bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;

Farg‘ona havzasi darzsimon suv ushlovchi jinslarning gidrogeologik  va geofizikaviy  parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;

gidrogeologik va geofizikaviy parametrlarning bog‘liqligini aks ettiruvchi va qidiruv mezonlarini belgilash uchun asos hisoblanuvchi  vodorod-sul`fidli suvlar konlarining fizik geologik modeli (FGM) ishlab chiqilgan;

gidrogeofizikaviy parametrlar va gidrogeokimyoviy ma’lumotlardan foydalanib, vodorod-sul`fidli suvlarning istiqbolli uchastkalarini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;

Farg‘ona havzasida (Cho‘ng‘ara, Shimoliy So‘x, Chimion, Polvontosh, Andijon, Xo‘jaobod va Janubiy Olamushuk) vodorod-sul`fidli suvlar tarqaladigan eng istiqbolli maydonlar aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Farg‘ona havzasida vodorod-sul`fidli suvlarning istiqbolli to‘plamlarining hosil bo‘lish xususiyatlarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:

Chimion vodorod-sul`fidli suv konida Turkiston gorizonti bo‘yicha suv zahiralarini oshirish uchun – Chimion va Qashqaqir tuzilmalari tutashgan joyda loyihaviy burg‘uni o‘rnatish joyi tavsiya etilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining “Farg‘ona gidrogeologiya ekspedisiyasi” davlat korxonasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 2 avgustdagi 04-2163-son ma’lumotnomasi). Natijada vodorod-sul`fidli suvlar zahirasini oshirish imkoniyati yaratilgan;

Davlat byudjeti dasturi doirasida bajarilgan “Geofizik tadqiqotlar natijalarini kompleks tahlili asosida vodorod-sul`fidli va chuchuk suvlarni aniqlash uslubiyatini ishlab chiqish” (2011–2015) va “O‘zbekiston Respublikasi gidromineral bazasini kengaytirish maqsadida yangi turdagi ma’danli er osti suvlarining qidirish-izlash ishlarini olib borish uchun istiqbolli maydonlarni aniqlash” (2013–2017) loyihalarida tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 8 sentyabrdagi 04/02SPR-son ma’lumotnomasi). Natijada vodorod-sul`fidli suvlarning 7 ta istiqbolli, ya’ni Chimion (Qashqaqir), Shimoliy So‘x, Cho‘ng‘ara, Polvontosh, Andijon, Xo‘jaobad va Janubiy Olamushuk maydonlarini aniqlashga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish