Nabiev Abdimitalning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish texnologiyalari va ta’lim-tarbiya amaliyotida foydalanish metodikasi (“Materiallar qarshiligi” va “Texnik mexanika” fanlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped135.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Kamolxon Abbasovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda texnikaviy, kasbiy-texnikaviy va oliy ta’lim tizimida didaktik va kompetensiyaviy yondashuvlar negizida ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish va ilmiy-pedagogik asoslash, xamda ta’lim-tarbiya amaliyotida foydalanish metodikasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning didaktik va kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida yangi avlod darsliklarini yaratishning didaktik tamoyillari takomillashtirilgan;
texnikaviy va kasbiy-texnikaviy ta’limni kompetensiyaviy yondashuv negizida takomillashtirish orqali kasbiy-pedagogik mahorat aniqlashtirilgan hamda kasbiy kompetensiya komponentlarga ajratilib, mazmun-mohiyati ilmiy-pedagogik jihatdan ishlab chiqilgan;
ta’lim beruvchilar faoliyati kompetentligi muhandislik konstruksiyasi qismlarini iqtisodiyot talablariga mos holda mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik va materiallarni toliqish mustahkamligiga hisoblashga yo‘naltirilgan ilmiy-pedagogik vazifa-muammolarni hal etishga qaratilishi zarurligi ilmiy-metodik jihatdan asoslangan;
ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning shakl, metodlari tahlili asosida kuch va deformatsiya omillarini birgalikda aniqlash muammolarini hal etish uchun Mathcad hisoblash dasturidan foydalanishning afzalligi, muammoli-izlanishli murakkab vaziyatlarda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellarini uyg‘unlashtirish tamoyiliga tayangan holda, darslik materiallarini shakllantirish zarurligi, muhandislik amaliyoti masalalarini shakllantirish va tanlash jarayonlarida ularni oddiydan murakkablikka yo‘nalgan 5 ta guruhda tasniflash lozimligi ilmiy-pedagogik va didaktik nuqtai nazardan asoslangan;
ta’lim-tarbiya oluvchilar faoliyatiga daxldor kompetensiyaviy yondashuv modelining shakl va mazmunini tasniflovchi uzviylikdagi 4 ta kompetensiyaning komponentlari ilmiy asoslangan;
yangi avlod o‘quv adabiyotlari sifati va samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan “Darslik yaratishda nazariy ekspertiza” va “Darslikdan ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishning amaliy ekspertizasi” mexanizmlari ishlab chiqilgan va ularning ilmiy-amaliy jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish texnologiyalari va ta’lim-tarbiya amaliyotida foydalanish metodikasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida:
mazmun-mohiyatan uzviylikdagi “Jarayon va hodisalarni modellashtirish”, “Fundamental, politexnik, iqtisodiy va ekologik ta’limlarni uyg‘unlashtirish”, “Ta’limda generalizatsiya va sintez”, “An’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellarini uyg‘unlashtirish” nomli didaktik tamoyillar ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan asoslangan hamda “Materiallar qarshiligi” va “Texnik mexanika” fanlaridan darsliklar yaratish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada didaktik va kompetensiyaviy yondashuv talablari takomillashib, ular texnika ta’lim yo‘nalishlari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlari yaratishga asos tarzida qabul qilindi.
umumkasbiy va ekstremal, gnostik, didaktik, konstruktiv-texnologik hamda maxsus va kommunikativ kasbiy-pedagogik mahoratlar texnikaviy va kasbiy-texnikaviy ta’limni kompetensiyaviy yondashuv negizida takomillashtirish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada kafolatlangan natijani oldindan yaxlit tasavvur qilgan holda ta’lim-tarbiyaning muayyan maqsad-vazifalarini aniq belgilash, AutoCAD va Mathcad o‘quv dasturlarini amalda qo‘llash imkoniyatini kengaytirish, konstruksiya va ular qismlarini mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlikka hisoblash va materiallarni toliqish – charchashga sinash bo‘yicha muhandislik muammolarini iqtisodiyot talablariga moslashtirish, tor kasbiy yoki turdosh kasblar bo‘yicha faoliyat yuritishga ehtiyojlar sezilganda, ta’lim oluvchilarga amaldagi ta’lim standartlari asosida mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil eta olish, inklyuziv ta’lim-tarbiyaning shaxsni kamsitishni istisno etish bo‘yicha imkoniyatlar yaratilgan.
kasbiy kompetensiya iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, maxsus, metodik-psixologik, intellektual, ilmiy-ijodiy va innovatsion kompetentlik komponentlarga ajratilib, ularning mazmun-mohiyati ilmiy-pedagogik jihatdan yoritish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida yuksak kompetentli pedagog-psixolog va ishlab chiqarish ta’limi ustasi faoliyat ko‘rsatishlari talab etilishi asoslangan;
ta’lim-tarbiya oluvchilar faoliyatiga daxldor “Faoliyatni amalga oshirish vositalari kompetensiyasi”, “Tayanch kasbiy kompetensiya”, “Mahoratlar shakllanishi kompetensiyasi” va “Tizimli amaliy-ilmiy kompetensiya”lar yaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlari misolida ilmiy asoslash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada “Materiallar qarshiligi” fanini o‘zlashtirishda bosqichma-bosqich ta’lim oluvchilarning bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan muhim umumiy talablar dastlab oddiy deformatsiyalanish: markaziy cho‘zilish-siqilish, siljish, buralish, egilish jarayonlari uchun, fanning rivojida esa murakkab qarshilik, ustuvorlik va dinamika muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan ta’limot ishlab chiqishga asos yaratilgan;
avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qiyosiy-ilmiy tahlili natijasida ta’lim texnologiyasining yaxlit tizimi modeli yaratishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada “Maqsad – jarayon (vosita) – natija” ko‘rinishdagi ta’limiy-tarbiyaviy yaxlit uchlik ta’minlanishi imkoniyati kengaygan;
kuch va deformatsiya omillarining epyuralarini birgalikda qurishda ijodiy, tahliliy-tanqidiy va izchil yondashuvlarga yo‘naltirilgan MathCAD hisoblash dasturidan foydalanishning afzalligi hamda aksariyat ta’lim oluvchilar mustaqil hal eta olmaydigan murakkab muammoli-izlanuvchan vaziyatlarda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellarini uyg‘unlashtirish tamoyiliga tayangan holda darslik materiallarini shakllantirish zarurligi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan asoslash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada texnikaviy ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim mazmuni va sifatini oshirish imkoniyatlari kengaygan;
modulli texnologiyaning didaktik va kompetensiyaviy yondashuv talablari negizida davlat tilida “Materiallar qarshiligi” (nazariyalar va masalalar) darsligi va “Texnika ta’lim muassasalari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish texnologiyalari va ulardan foydalanish metodikasi” nomli monografiya yaratishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada texnikaviy ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratilgan;
“Darslik yaratishda nazariy ekspertiza” va “Darslikdan ta’lim jarayonida foydalanishning amaliy ekspertizasi” mexanizmlarining ilmiy-amaliy jihatlari asoslash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 avgustdagi 89-03-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha monitoring va baholash parametrlarining ahamiyatligi darajasiga bir xil munosabatda yondashgan holda ularga cheklov qo‘yilmasdan statistik tahliliy baholash ishlari ko‘lami haqqoniylik, adolatlilik, oshkoralik va ilmiy asoslanganlik tamoyillariga ko‘ra amalga oshirilishi ta’minlangan.