Mamaziyatov Doniyorbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimida olimpiya bilimlarining ilmiy-uslubiy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped446.
Ilmiy rahbar: Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizov Nosirjon Nematillaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlashda olimpiya bilimlarini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotlarning ilmiy yangiligi:
ilk bora Olimpiya bilimlarini shakllantirishda muammolar echimini topishning ta’lim mazmunidan kelib chiqib Olimpiya ta’limining uch bosqichli milliy moduli ishlab chiqilgan; 
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimida Olimpiya bilimlarini shakllantirishning asosiy ish shakllari  va usullari, raqib darajasi va musobaqalashish hususiyatidan kelib chiqib mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha Olimpiya ta’lim tizimi takomillashtirilgan; 
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda tanlangan sport turidagi mashg‘ulotlarning amaliy tajribasidan kelib chiqib qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda olimpiya ta’limini baholash tizimi takomillashtirilgan;
olimpiya ta’limi bo‘yicha o‘tkaziladigan muntazam mashg‘ulotlar bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ta’sir etish hususiyatlaridan kelib chiqib to‘rt bosqichli olimpiya bilimlarini shakllantirish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:  
olimpiya bilimlarini shakllantirishning asosiy ish shakllari  va usullari, raqib darajasi va musobaqalashish hususiyatidan kelib chiqib mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha Olimpiya ta’lim tizimi «Jismoniy tarbiya va Olimpiya xarakati tarixi» fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 03-07-10-5348-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 13,4% ga va davomati 14,3% ga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarda olimpiya bilimlarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha Olimpiya bilimlarini baholash tizimi jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 03-07-10-5348-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni olimpizm qadriyatlari va olimpiya o‘yinlarini o‘sib kelayotgan avlodni jismoniy tarbiyalashdagi ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlari 13,8% ga oshgan;
jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimida olimpiya bilimlarini shakllantirish dasturi ishlab chiqilishi hamda  seminar-treninglarni tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyatlari joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 03-07-10-5348-son ma’lumotnomasi) natijasida “Olimpiya o‘yinlari tarixi” (13,8%), «Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini dopingga qarshi siyosati» (14,5%), “Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari” (12,8%) mavzulari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish