Turopova Moxidil Turdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston janubiy hududlarida demografik jarayonlar (XIX asrning II yarmidan – xx asrning I yarmigacha)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar245.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Nigora Ashirovna, tarix fanlari doktori; Muxiddinov Sunnatullo Inoyatovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning II yarmidan – XX asrning I yarmigacha O‘zbekistonning janubiy hududlarida yuz bergan demografik jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imperiya hukumati Buxoro amirligining janubiy hududlariga ko‘chib kelgan rusiyzabon aholini er-suv, ish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlaganligi, ayni paytda mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari sababli himoya qilinmaganligi va fuqarolik huquqlarining kamsitilganligi tarixiy dalillar asosida isbotlangan;
sobiq sovet davlatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borgan ixtiyoriy-majburiy siyosati (sanoatlashtirish, shaharsozlik, boshqa hududlardan aholini majburan ko‘chirib keltirish) bevosita vohadagi shahar va qishloq aholisi sonining o‘sishiga olib kelganligi, mazkur holat ijtimoiy hayotda sog‘liqni saqlash, ishsizlik, kambag‘allik kabi qator muammolarni yanada kuchaytirganligi dalillangan;
tarixan tarkib topgan an’anaviy turmush tarzi va serfarzandlik xususiyatlari kabi omillar vohada aholining o‘sishiga asosiy sabab bo‘lganligi va bu voha aholisining demografik o‘sishiga o‘z ta’sirini o‘tkazganligi asoslab berilgan; 
sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi demografik inqiroz va uning sabablari, ijtimoiy-demografik ahvolni barqarorlashtirish uchun qo‘llanilgan chora-tadbirlar, mahalliy aholi o‘rtasida savodxonlik darajasining oshishi va sog‘liqni saqlash ishlarining yaxshilanish sabablari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridagi demografik jarayonlarni tadqiq etish natijasida olingan ilmiy xulosa va ishlab chiqilgan takliflar asosida:  
janubiy shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat korxonalarining vujudga kelishi, sovet hokimiyati yillarida migratsiya jarayonlarining kuchayishi, shuningdek, boshqa millat va elat vakillarining o‘lkaga majburan ko‘chirilish sabablari, sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi demografik inqiroz va uning sabablari, ijtimoiy-demografik ahvolni barqarorlashtirish uchun qo‘llanilgan chora-tadbirlar, mahalliy aholi o‘rtasida savodxonlik darajasining oshishi va sog‘liqni saqlash ishlarining yaxshilanish sabablari haqidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati tarixi madaniyati davlat muzeyining Buxoro amirligi, Sovet hokimiyati davrida Surxondaryo okrugi bo‘limi zallarini yoritishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yildagi 15 iyundagi 04-12-04-2937-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyning janubiy hududlar aholisi xo‘jalik hayoti va maishiy turmush tarziga oid mustamlaka va sovet davri materiallarini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan; 
chor Rossiyasi va sovetlar davrida mintaqaga rusiyzabon aholining ko‘chirib keltirilishi sababli voha aholisining milliy tarkibida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi demografik o‘sishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganligi ko‘rsatib berilgan,janubiy hududlarida aholining demografik holati, o‘lkada rus manzilgohlarining paydo bo‘lishi va ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, Rossiyadan aholining ko‘chirib keltirilishi, rus mustamlakachilarining tub aholiga nisbatan zo‘ravonlik siyosatiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 martdagi 02-90-624-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarda respublikaning janubiy hududlaridagi demografik jarayonlar tarixiga oid bilim va tasavvurlarning kengayishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish