Gulamov Ilxomjon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asrning 30-yillari O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari tarixi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar457.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Xudayarov Uktam Jurakulovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asrning 30-yillari O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi hukmronligi yillarida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlaridan davlatning daromad manbai hamda tovarlar uchun yangi bozor shakllantirish, turli millatga mansub bo‘lgan ortiqcha aholini o‘lkaning aholisi soni kam hududlariga joylashtirish va arzon ishchi kuchi evaziga mahalliy aholi mehnatidan foydalanish maqsadlari ko‘zlanganligi ochib berilgan;
sovet davrining dastlabki yilida (1917 yil) aholini ro‘yxatga olish ishlari faqatgina qishloq hududlarida o‘tkazilganligi, shu orqali aholi sonini, ko‘chirib keltirilishi lozim bo‘lgan aholining istiqomat qilishi uchun unumdor erlar hisobini aniqlash hamda aholi to‘g‘risida yig‘ilgan statistik ma’lumotlar asosida kelgusi yillar uchun g‘alla yig‘imi hajmini oshirish rejalashtirilganligi isbotlangan;
aholini ro‘yxatga olish tadbirlari aholi orasida etarli tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmasdan boshlanganligi, mazkur tadbirga nisbatan mahalliy aholining ishonchsizligi ortishi va aksariyat ro‘yxatga oluvchi hisobchilarning mahalliy tillarni bilmaganliklari, turli yig‘im va soliqlarning oshirilishi haqida mish-mishlarning ko‘payganligi, o‘g‘il farzandlarni majburiy ishlash yoki armiya safiga olib ketilishi mumkinligi haqidagi qo‘rquv sababli to‘plangan statistik ma’lumotlar to‘liq aks etmaganligi aniqlangan;
1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ishlari ilk besh yillik rejalarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lganligi, 1937 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalari tan olinmasdan hukumat tomonidan qat’iyan rad etilib, jarayonda ishtirok etgan mas’ul xodimlar jazolanganligi, 1939 yilda o‘tkazilishi belgilangan ro‘yxatga olishga qarshilik qilgan aholiga nisbatan jazo choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilishi natijasida ushbu kompaniya boshqalariga nisbatan samarali bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asrning 30-yillari O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari tarixi masalasiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
sovet davrining dastlabki yilida (1917 yil) aholini ro‘yxatga olish ishlari faqatgina qishloq hududlarida o‘tkazilganligi, shu orqali aholi sonini, ko‘chirib keltirilishi lozim bo‘lgan aholining istiqomat qilishi uchun unumdor erlar hisobini aniqlash hamda aholi to‘g‘risida yig‘ilgan statistik ma’lumotlar asosida kelgusi yillar uchun g‘alla yig‘imi hajmini oshirish rejalashtirilganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 15 apreldagi 01/4-20-13/2-50-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba 2023 yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etishda va kelgusida bu kabi jarayonlarni o‘tkazish uchun yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Rossiya imperiyasi hukmronligi yillarida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlaridan asosan uchta: davlatning daromad manbai va tovarlar uchun yangi bozor sifatida, turli millatga mansub bo‘lgan ortiqcha aholini o‘lkaning aholisi soni kam hududlariga joylashtirish va arzon ishchi kuchi evaziga mahalliy aholi mehnatidan foydalanish maqsadlari ko‘zlanganligi hamda tadqiqot ishida ilgari surilgan ilmiy-nazariy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining millatlararo munosabatlar sohasidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 30 martdagi 14-07-611-son ma’lumotnomasi). Natijalar ushbu tadbirlarni ilmiy asosda shakllantirish va tashkil etish imkonini bergan;
1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ishlari ilk besh yillik rejalarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lganligi, 1937 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalari tan olinmasdan hukumat tomonidan qat’iyan rad etilib, jarayonda ishtirok etgan mas’ul xodimlar jazolanganligi, 1939 yilda o‘tkazilishi belgilangan ro‘yxatga olishga qarshilik qilgan aholiga nisbatan jazo choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilishi natijasida ushbu kampaniya boshqalariga nisbatan samarali bo‘lganligi va ular asosida olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 29 martdagi 78-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarning sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston SSRda aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining o‘tkazilishi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari hamda tarixiy bilimlarini boyitishga xizmat kilgan.