Gafarova Zumrad Zoxirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Matn axborot taqsimotida remaning roli (ingliz tili materiali misolida)», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil725.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Cho‘ponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sayfullaev Anvar Islomovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rema hodisasining mohiyatini belgilash va rema–tema tuzilmalarining struktur turlarini farqlagan holda ularning matnda bajaradigan vazifalari hamda axborot ifodasidagi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rematik tuzilmalarning kommunikativ-matniy ma’nodorligi va nutq zanjiridagi funksional qiymatini gap tizimidagi boshqa bo‘laklarning shakliy-mazmuniy mohiyati, kontekst qurshovi yoki, aksincha, fakat rematik kuchaytirish vazifasini bajaradigan sintagmalar voqelantirishi aniqlangan;
matn tarkibida ega vazifasida voqelangan rema bo‘lagining hissiy-emotsional va qabul qilinayotgan axborotga nisbatan munosabat bildirish ma’nosidagi otlardan tarkib topishi, ot murakkab kesimning bo‘lagi bo‘lganida esa, ma’lum kasbga, ijtimoiy guruhga oidlikka ishora qiluvchi hamda inson intelektual qobiliyati, uning axloqiy xislatlarini nomlovchi xususiyatga ega bo‘lishi dalillangan;
rema-tematik tuzilmalarning anaforik (oldkontekst) va kataforik (so‘ngkontekst) manba sifatida faollashuvi, bunda kommunikativ takrorga ishora qiluvchi qiyoslash ma’nosi yuzaga keltiruvchi oldkontekstdan so‘ngkontekstga qarab siljish dinamikasining ustuvor ekanligi asoslangan;
sintaktik tuzilmaning muloqot matnining u yoki bu qismida faollashuvi uzatilayotgan axborotning ushbu matn sathlarida taqsimlanishi bilan bog‘liqligi, rema–tema tuzilmalarining matn tarkibida namoyon bo‘ladigan mazmuniy-funksional munosabatlarining lingvopragmatik munosabatlarni shakllantiruvchi lisoniy hodisa ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rema tuzilmasining matn tarkibida axborot taqsimlanishi bilan bog‘liq masalalar tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
til va nutq hodisalarining badiiy matnlar axborot taqsimotida tema va remaning rolini, ularning matn ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishini asoslashga oid xulosalardan F-1-06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu Fapb adabiy an’analari sintezi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi 89-03-858-son ma’lumotnomasi). Natijada til va nutq xodisalarining o‘zaro bog‘liqligi matn yaratishda ham namoyon bo‘lishi asoslangan;
rema–tema nutqiy tuzilmasining matn struktur tarkibida, uning kompozision qurilishida bajaradigan vazifasini belgilash, yakunlovchi o‘rinda kelganida turli mantiqiy-semantik munosabatlarni voqelantirishiga doir xulosalardan I-204-4-5 "Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish" nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-168–son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala kommunikativ bo‘lak – tema va rema xabarning shakllanishi va uzatilishi asosini tashkil etayotib, buzilmas birlikning hosil mavqeini belgilagan;
yaxlit birlik – matn mazmuni shakllanishida muhim axamiyat kasb etadigan nutqiy tuzilma – gapning aktual bo‘linishi bilan bog‘liq hodisalar tavsifiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturining 624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + SVNEIMEP: O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-168–son ma’lumotnomasi). Ularning funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash maqsadini ko‘zlagan holda tadqiqot ishidagi natijalaridan loyihaniig joriy qilinishi va xalqarolashtirilishida foydalanilgan;
ishlab chiqilgan rema-tema shaklidagi nutqiy tuzilmalarning tub mohiyati va maqomi ularning matn doirasida faollashuvi jarayoniga oid xulosalardan Tempus Project 544161- THMPUS-1-20I3-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-168–son ma’lumotnomasi). Ushbu tuzilmalarning matndagi ketma-ketligidan tashqari, oldkontekst va so‘ngkontekst omillarining roli ham o‘ziga xosligi hamda tadqiqot ishidagi natijalardan loyihaning modullaridagi kontentlarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
nutqiy tuzilma-gapning aktual bo‘linishi bilan bog‘liq hodisalar tavsifi va ularning funksional-semantik xususiyatlarini aniqlashga doir ilmiy xulosalaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil yanvar`-sentyabr` oylarida “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Adabiy muhit”, “Bugunning mavzusi” va “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 2/270-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.