Abdullaeva Dilnoza Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geografiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida elektron ta’lim vositalaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1632.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qurbanov Pahlavon Rustamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonida elektron ta’lim vositalaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografiya fani o‘qituvchilarining axborot kompetentlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish mazmuni metodik-tashkiliy, texnologik jarayonli, kreativ kabi raqamli texnologiyalar vositasida ta’limni axborotlashtirish talablari hamda didaktik maqsadlarini (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentliligini tashxislash mazmuni kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi kabi omillarning o‘zaro bog‘liqligi asosida “Geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonini elektron ta’lim vositalaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish” modeli yaratilgan;
geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonida axborot madaniyatining rivojlanganlik darajasi elektron ta’lim vositalari (“Geografiya” elektron darsligi, “Qiziqarli geografiya” mobil ilovasi, “Atrof-muhit muhofazasi” videodarsi, Smart doska, Google Earth Win, Bandisam, Ispring, Eclipse Crossword dasturi)dan foydalanish asosida aniqlangan, hamda kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha (g‘oyaviylik, kognitivlik, pedagogik-psixologik tayyorgarlik, kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy omilkorlik, global fikrlash, intizomlilik, tashabbuskorlik, boshqaruvchanlik, mehnatsevarlik, qiziquvchanlik, o‘z-o‘zini boshqara olish) tavsiyalar ishlab chiqilgan;
geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlari integral diagnostik texnologiyalar (bio portfolio, test sinovlari, «assessment centre»), indikatorli tuzilma hamda interfaol ta’lim metodlari (“Rezyume”, “Qarorlar shajarasi”, “FSMU”, “Muammo”) bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning geografiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish jarayonining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
geografiya fani o‘qituvchilarining axborot kompetentlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish mazmuni raqamli texnologiyalar vositasida ta’limni axborotlashtirish talablari, hamda didaktik maqsadlarini integratsiyalashga oid takliflar geografiya va uni o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-559-son ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarlikni oshirishning didaktik ta’minlash imkoni yaratilgan;
geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimida pedagog kadrlar kasbiy kompetentligini tashxislash mazmuni kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi kabi omillarning o‘zaro bog‘liqligi asosida “Geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonini elektron ta’lim vositalaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish” modeliga oid takliflar YoA-1-26 raqamli «Kasb ta’limi fanidan elektron majmua yaratish» mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-559-son ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonini elektron ta’lim vositalari asosida tashkil etish imkoni oshirilgan;
geografiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida elektron axborot ta’lim muhitida axborot madaniyatining rivojlanganlik darajasi elektron ta’lim vositalari (“Geografiya” elektron darsligi, “Qiziqarli geografiya” mobil ilovasi, “Atrof-muhit muhofazasi” video darsi, Smart doska, Google Earth Win, Bandisam, Ispring, Eclipse Crossword) dan foydalanish asosida kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini integrallash hamda geografiya fani o‘qituvchilari malakasini oshirish darajasini baholashning informatsion va analitik mezonlarini integral diagnostik texnologiyalari hamda indikatorli tuzilmasiga oid takliflar “Geografiya o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-559-sonli ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablari mazmunini kengaytirish imkoni yaratilgan;
ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion yondashuvlarini joriy etgan holda elektron ta’lim vositalari asosida o‘qitishning dasturiy ta’minotini jamiyatning zamonaviy talab va ehtiyojlariga monand tarzda yanada mukamallashtirish va undan geografiya fanini o‘qitish jarayonlarida foydalanishga oid takliflaridan PZ - 2014-0906164153 raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish”, hamda “Onlayn kasbiy rivojlantirish” mavzusidagi loyihalar doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 02-02/3-1043-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish kursi tinglovchilarining elektron ta’lim resurslarini yaratish va o‘quv-uslubiy faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarining yanada rivojlanishiga erishilgan;
geografiya fani o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalari, hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish jarayonini takomillashtirishda elektron ta’lim vositalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tadbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Tadqiqot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasining 2021 yil 23 martdagi 02-40-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya fani o‘qituvchilarining axborot kommunikatsion ko‘nikmalarining takomillashishiga erishilgan.