Hamdamova Nozima Muqimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning texnik ijodkorligini muqobil energiya manbalari qurilmalari vositasida rivojlantirish”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1008.  
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Bozorova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining texnik ijodkorligini muqobil energiya manbalari qurilmalari vositasida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika to‘garak mashg‘ulotlarida uzviylik va integrativlik tamoyillari asosida o‘quvchilarga texnik ijodkorligini rivojlantirish (texnik ob’ektlarni o‘rganish, fizik-texnik mazmundagi kompetensiyaga yo‘naltirilgan topshiriqlar) orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorligi (layoqat, texnik fikrlash, fazoviy tasavvuri, texnik kuzatuvchanligi) bilan aniq va tabiiy fanlardan malaka talabalarini integratsiyalash asosida texnik ijodkorlik qobiliyatning motivasion-kognitiv, texnologik va kreativ kabi tizimli komponentlari aniqlashtirilgan; 
fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida “Veb-kvest”, “creative technology”, “brainstorming” kabi innovatsion ta’lim metodlari va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish asosida o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;   
muqobil energiya manbalari qurilmalari (loyihalash, konstruksiyalash, modellashtirish)ni ishlab chiqish vositasida o‘quvchilarning texnik savodxonligini oshirish orqali o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni rivojlanganlik darajalarini (empirik, reproduktiv, produktiv) baholash mezonlari (yuqori, o‘rta, past) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini muqobil energiya manbalari qurilmalari vositasida rivojlantirish  bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika to‘garak mashg‘ulotlarida uzviylik va integrativlik tamoyillari asosida o‘quvchilarga texnik ijodkorligini rivojlantirish (texnik ob’ektlarni o‘rganish, fizik-texnik mazmundagi kompetensiyaga yo‘naltirilgan topshiriqlar) orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga doir takliflardan AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (Buxoro muhandislik texnologiya institutining 2021 yil 28 iyuldagi 87-01/1545-son ma’lumotnomasi) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning texnik ijodkorligini muqobil energiya manbalari qurilmalari vositasida rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorligi (layoqat, texnik fikrlash, fazoviy tasavvuri, texnik kuzatuvchanligi) bilan aniq va tabiiy fanlardan malaka talabalarini integratsiyalash asosida texnik ijodkorlik qobiliyatning tizimli komponentlari (motivasion-kognitiv, texnologik va kreativ) tizimi hamda fizikadan to‘garak mashg‘ulotlarida “Veb-kvest”, “creative technology”, “brainstorming” kabi innovatsion ta’lim metodlari va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish asosida o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasi oid tavsiyalardan “Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika” o‘quv qo‘llanmalari yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 628-son buyrug‘i, 676-124 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda muqobil energiya manbalari qurilmalari o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilashga, o‘qitish metodikasini  takomillashtirishga xizmat qilgan;
muqobil energiya manbalari qurilmalari (loyihalash, konstruksiyalash, modellashtirish)ni ishlab chiqish vositasida o‘quvchilarning texnik savodxonligini oshirish orqali o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni rivojlanganlik darajalarini (empirik, reproduktiv, produktiv) baholash mezonlari (yuqori, o‘rta, past) ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining     2021 yil 29 apreldagi 824-son buyrug‘i, 237-598 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini muqobil energiya manbalari qurilmalari vositasida rivojlantirish   samaradorligini oshirishga  erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish