Saipova Kamola Davlyatalievnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1917-1990 yillarda O‘zbekistondagi kam sonli xalqlar tarixi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tar64.
Ilmiy maslahatchi: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Aunasova Alima Musirovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1990 yillar davriy chegarasida O‘zbekistondagi kam sonli xalqlarning hayotida kechgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1917-1918 yillarda Turkiston o‘lkasida harbiy harakatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, iqtisodiy tanazzul, ocharchilik, aksariyat xo‘jaliklarning vayron qilinishi, Evropaning sharqiy qismidan kelgan tatarlar, boshqirdlar, ruslar, ukrainlar, beloruslar, armanlar va Osiyodan kelgan forslar, koreyslar, xitoyliklar, yaponlar kabi xalqlar oqimining ko‘payishi demografik vaziyatning keskinlashuviga olib kelganligi isbotlangan;
XX asr 20-yillardagi milliy-hududiy chegaralanish va keyinchalik O‘zbekiston SSRda sanoatlashtirish jarayoni boshlanishi natijasida Belorussiya SSR, Ukraina SSR va Kavkazorti RSFSR dan respublikaga stixiyali ravishdagi migratsiyalar tez-tez bo‘lib turganligi yirik shaharlarda asosan evropalik kam sonli xalqlarning ko‘payishiga imkon berganligi asoslangan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSRdagi front hududlaridan evropalik ishchilar, ayollar, bolalar kabi aholi qatlamlarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi va qorachoylar, chechenlar, bolqarlar va ingushlar, qrim tatarlarning deportatsiya qilinishi barobarida ularni zaruriy ehtiyojlarini ta’minlash, ishga joylashtirish, shuningdek ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida ularni turli viloyatlarga tarqatilishi natijasida qishloq hududlariga kam sonli millatlarning kirib borishi baynalminal oilalarning ko‘payishiga zamin yaratganligi dalillangan;
XX asr 50-80 yillarida respublikada kechgan “iliqlik” davrida deportatsiya qilingan xalqlarning vatanlariga qaytishlariga ruxsat berilishi, “Xalqlarni birlashtirish”ning maqsadga muvofiq usuli millatlarni ko‘chirish, hududlarda qo‘riq erlarni o‘zlashtirish maqsadida mahalliy kadrlarni u erlarga ko‘chirish, sanoat kadrlarini O‘zbekistonga respublikalararo ko‘chirishi kabi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mamlakat madaniy-ma’naviy hayotida kam sonli millatlar ishtirokini ta’minlashga hamda “rivojlangan sotsializm” davridagi mafkuralashgan baynalmilal siyosatining yoyilishiga xizmat qilganligi isbotlangan;
sovet davlati hukmronligining oxirgi yillarida “Tayyor” kadrlarning respublikaga ko‘chirilishi natijasida yoshlar orasida ishsizlikning ko‘payishi, millatlararo munosabatlardagi muammolarning keskinlashuvi respublikada milliy o‘z-o‘zini anglash jarayonida mesxeti-turklarning Qozog‘iston, Stavropol`e, Krasnodar o‘lkasiga ommaviy ravishda ko‘chib ketishi va qrim-tatarlarning o‘z vatanlariga qaytish jarayoniga turtki bo‘lganganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi kam sonli xalqlar tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
harbiy harakatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, iqtisodiy tanazzul, ocharchilik, aksariyat xo‘jaliklarning vayron qilinishi Farg‘ona oblastidagi qishloq aholisi deyarli 25% ga qisqargani, Evropaning sharqiy qismidan kelgan tatarlar, boshqirdlar, ruslar, ukrainlar, beloruslar, armanlar va Osiyodan kelayotgan forslar, koreyslar, xitoyliklar, yaponlar kabi xalqlar oqimining ko‘payishi ayniqsa, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublika deb e’lon qilinganidan so‘ng o‘lkadagi demografik vaziyatning keskinlashuviga olib kelganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rejasi asosida O‘zbekiston Milliy universitetida nashr etilgan “O‘zbekiston tarixi” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 89-03-3701-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarni bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, shuningdek har qanday yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g‘oyalariga sodiq, Vatan milliy manfaatlarini himoya qiladigan ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishga imkon bergan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSRdagi ma’lum aholi qismining O‘zbekistonga evakuatsiya va deportatsiya qilinishi oqibatida qishloq hududlariga kam sonli millatlarning kirib borishi natijasida baynalminal oilalarning ko‘payishiga zamin yaratganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari tomonidan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2018 yil 21 noyabrdagi 01-09-1927-son ma’lumotnomasi). Natijalar millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning yanada kuchayishiga xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSRdagi front hududlaridan evropalik ishchilar, ayollar, bolalar kabi aholi qatlamlarini O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi va qorachoylar, chechenlar, bolqarlar va ingushlar, qrim tatarlarning deportatsiya qilinishi barobarida ularni zaruriy ehtiyojlarini ta’minlash, ishga joylashtirish, shuningdek ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida ularni turli viloyatlarga tarqatilishi natijasida qishloq hududlariga kam sonli millatlarning kirib borishi natijasida baynalminal oilalarning ko‘payishiga zamin yaratganligiga oid ilmiy natijalar ITD-3-004-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishni takomillashtirishning yangi resurslari majmuasini yaratish va uni amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 dekabrdagi 89-03-4373-son ma’lumotnomasi). Bu sovet davrida milliy siyosatining o‘tkazilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni birlamchi manbalar asosida chuqurroq yoritib berishga imkon yaratgan;
Sovet davlati hukmronligining oxirgi o‘n yilligida kechgan jarayonlar, xususan, “qayta qurish” siyosati, millatlararo munosabatlardagi muammolarning keskinlashuvi respublikada milliy o‘z-o‘zini anglash jarayonining kuchayishiga olib kelganligiga oid materiallari Buxoro davlat muzeyidagi “Buxoro – qadimiy etnik va diniy bag‘rikenglik markazi”, “Urush yillarida O‘zbekistonga ko‘chib keltirilgan kam sonli millatlar tarixi”, “O‘zbek xalqining bag‘rikengligi” ekspozisiyalarining mavzuidagi bo‘limini shakllantirishda asoslangan ilmiy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 01-12-1911-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar muzey ekspozisiyalarini boyitishga xizmat qilgan;
sovet davlati hukmronligining oxirgi yillarida “Tayyor” kadrlarning respublikaga ko‘chirilishi natijasida yoshlar orasida ishsizlikning ko‘payishi, 1985 yildan esa mehnatkash kadrlarning O‘zbekistondan o‘z vataniga ko‘chib ketishlari, millatlararo munosabatlardagi muammolarning keskinlashuvi respublikada milliy o‘z-o‘zini anglash jarayonida mesxeti-turklarning Qozog‘iston, Stavropol`e, Krasnodar o‘lkasiga ommaviy ravishda ko‘chib ketishi va qrim-tatarlarning o‘z vatanlariga qaytish jarayoniga turtki bo‘lganganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 12 apreldagi 88-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar qo‘llanilishi muzeyni yangi mazmundagi ekspozisiyalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
XX asr 50-80 yillarida respublikada kechgan “iliqlik” davrida deportatsiya qilingan xalqlarning vatanlariga qaytishlariga ruxsat berilishi, “Xalqlarni birlashtirish”ning maqsadga muvofiq usuli millatlarni ko‘chirish, hududlarda qo‘riq erlarni o‘zlashtirish maqsadida mahalliy kadrlarni u erlarga ko‘chirish; sanoat kadrlarini O‘zbekistonga respublikalararo ko‘chirishi kabi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mamlakat madaniy-ma’naviy hayotida kam sonli millatlar ishtirokini ta’minlashga hamda “rivojlangan sotsializm” davridagi mafkuralashgan baynalmilal siyosatining yoyilishiga xizmat qilganligiga oid olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo’ylab” telekanali davlat unitar korxonasi tomonidan foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaning 2018 yil 25 maydagi 08-14-278-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar teletomoshabinlarga har bir kam sonli millatlar noyob moddiy va ma’naviy madaniyatga ega ekanligi, o‘zbek xalqining bag‘rikengligi tufayli O‘zbekiston hududida turli xalqlarning noyob birligi va xilma-xilligi, ma’naviy mushtarak shakllanganligi ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan.