Saidakbarova Saodat Parxadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy laraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida gastronomik frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil885.
Ilmiy rahbar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik komponentli frazeologizmlarni lingvomadaniy jihatdan aniqlash, ularning semantikasida xalq madaniyati, urf-odat va an’analari, ijtimoiy munosabatlarning aks etishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlar etimologik jihatdan ijtimoiy, mintaqaviy-tarixiy, kross-madaniy hamda diniy-axloqiy omillar bilan bog‘liq holda lingvomadaniy kodlar asosida shakllanganligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlarning leksik-semantik hamda paradigmatik lingvomadaniy maydoni o‘rganilishi natijasida ingliz tilidagi iboralarning o‘zbek tiliga nisbatan muqobillik darajasi to‘liq, qisman mos kelishi yoki umuman muvofiq kelmasligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlarning milliy-maxalliy lingvomadaniy kodini aniqlash orqali ularda etnik xalqning urf-odati, an’ana va ijtimoiy munosabatlarning ifodalanish darajasi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning “milk”/ “sut”, “bread”/ “non”, “dessert”/ “shirinlik” kabi gastronomik kodlar doirasida shakllanishi hamda ularning lingvosemiotik model orqali madaniy kodga aylanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari, ularning shakllanishidagi madaniy kod va obrazli asoslarga oid materiallardan A 1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 89-03-5134-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalarda lingvomadaniy birliklarni tavsiflashga yordam bergan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlarning tasnifi, qo‘llanishiga oid xulosalardan Angliyaning Norvich shahridagi NILE tillar o‘qitish institutida “Linguacultural features of gastronomic idioms” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida foydalanilgan (Angliyaning Norvich shahridagi NILE tillar o‘qitish institutining 2019 yil 25 avgustidagi ma’lumotnomasi). Natijalar NILE tillar o‘qitish institutida (Norwich Institute of Language Education)da ingliz tilidagi gastronomik frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash hamda shu mavzuda so‘rovnoma tayyorlashga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik frazeologizmlarning kelib chiqishi, ularning lingvomadaniy xususiyatlariga oid tarixiy faktlar haqidagi ma’lumotlardan «O‘zbekiston 24» radiokanalining “Bedorlik”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston 24» radiokanali DUKning 2020 yil 3 dekabrdagi 04-25-12/15-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi eshittirishning ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlagan.