Aliboev Turgun Chindalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion ta’lim muhitida o‘quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish (“Texnologiya” fani misolida)», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1235
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Tolipov O‘tkir Qarshievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aliqulov Saloxiddin Turdimuradovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish asosida “Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyatli, muammoli, interfaol, polilogik, texnologik yondashuvlar, muammoli, loyiha, interfaol, innovatsion texnologiyalarga tayangan holda “Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirish mexanizmi bosqichlar (moslashish (adaptiv), rivojlantiruvchi, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholash)ni belgilash, metodik ko‘rsatma va ishlanmalarni tayyorlash asosida takomillashtirilgan;
hissiy-psixologik, ijodiy hamda tanqidiy yondashuvlarga ko‘ra rivojlantiruvchi texnologiyalar vositasida “Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonini metodik qo‘llab-quvvatlovchi (“Sinergetika laboratoriyasi”) metodni asoslash orqali takomillashtirilgan;
integrativ va refleksiv yondashuvlarga ko‘ra “Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarining rivojlanganligini baholovchi mezonlar (kreativ sifatlarga, o‘ziga xos kreativ g‘oyalarni asoslash malakasiga, kreativ mahsulotni yaratish qobiliyatiga egalik)ni anglash, amaliy-faoliyatli (bajarish), refleksiv-baholash darajalari bo‘yicha takomillashtirilgan;
“Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishdagi germenevtik, vizual-obrazli tamoyillar va refleksiv baholash mazmuni kognitiv, metodik, empirik, baholovchi g‘oyalar asosida boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Innovatsion ta’lim muhitida o‘quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
“texnologiya” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kreativ sifatlarini rvojlantirishning tarkibiy tuzilmasi tashxis, kognitiv, amaliy, refleksiv-baholash, motivatsion, faoliyatga asoslangan va aks ettiruvchi kabi yangi muammolarni aniqlash, muammolarning o‘ziga xos echimlarini topish va amalda qo‘llash qobiliyatida namoyon bo‘ladigan shaxsning kreativ va integral dinamik xususiyati bilan alaqadorligiga oid xulosalaridan ITD-1-1 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2850-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni ijodiy kommunikatsion muloqotga kirisha olish, qadriyatli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
“Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasinig 2014 yil 30 dekabridagi 371-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik granti” – beg‘araz texnik ko‘magidan foydalangan holda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish” loyihasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/-3-212/b-son ma’lumotnomasi). Natijada “Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasini tashxis etish va monitoringini amalga oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
“Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilganligi, xorijiy tajriba, shuningdek, individual va differensial yondashuvlar, baholovchi mezonlarga ko‘ra anglash, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholashga doir amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan asoslanadi (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2850-son ma’lumotnomasi). Natijada “Texnologiya” darslarida o‘quvchilarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishning nazariy metodologik asosi, germenevtik va vizual-obrazli tamoyillar asosida muammoli, loyiha, interfaol, nnovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishga erishilgan.