Urunova Feruza Timurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston tijorat banklarining iqtisodiyot real sektorini loyihaviy moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Iqt503.
Ilmiy rahbar: Xamidullin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy Ganievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Nasirov Egamkul Ismailovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomli RIU Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining iqtisodiyot real sektorini loyihaviy moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xarajatlarini qisqartirish va risklarni boshqarish maqsadida tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirishdagi ishtirokini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
loyihaviy moliyalashtirishni texnik jihatdan qo‘llash, texnik ekspertiza o‘tkazish, texnik risklarni aniqlashga ixtisoslashgan Injiniring kompaniyasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
investision loyihalarning sifati va natijaviyligini oshirishda investision loyihalarni baholash va tanlashning 50%<E<80%, E<50% mezonlari shkalasi taklif etilgan;
investision loyihalar davlat dasturlarini amalga oshirishning samaradorlik darajasini baholashda (ERgp>0,9 – yuqori, 0,80<ERgp<0,9 – o‘rta, 0,70<ERgp<0,80 – qoniqarli) shkalalari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Loyihaviy moliyalashtirish orqali tijorat banklarida investision jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish sxemalaridagi boshqa ishtirokchilar, birinchi navbatda davlat bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘zaro hamkorlik qilish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 19 yanvardagi 11/IJ-15-418-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish sxemalaridagi turli ishtirokchilar, jumladan davlat tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘zaro hamkorlik qilishi uchun me’yoriy-huquqiy asos yaratilgan;
loyihaviy moliyalashtirish sxemalarida risklarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi qoshida loyihaviy moliyalashtirishni texnik jihatdan qo‘llash, texnik ekspertiza o‘tkazish, texnik risklarni aniqlash va boshqarishga ixtisoslashgan Injiniring kompaniyasini tashkil etilgan (O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasining 2019 yil 07 avgustdagi 04/314-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini loyihaviy moliyalashtirishda risklarni kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
investision loyihalarning sifati va natijaviyligini oshirishda investision loyihalarni baholash va tanlashning 50%<E<80%, E<50% mezonlari shkalasi taklifi AT «O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatida joriy etilgan (AT «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2019 yil 18 maydagi 09-12/3976-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan iqtisodiyot real sektori korxonalarining investision loyihalarni baholash va tanlash hamda davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlarining samaradorligi oshgan;
investision loyihalar davlat dasturlarini amalga oshirishning samaradorlik darajasini baholashda (ERgp>0,9 – yuqori, 0,80<ERgp<0,9 – o‘rta, 0,70<ERgp<0,80 – qoniqarli) shkalalari taklifi AT «O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatida joriy etilgan (AT «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2019 yil 18 maydagi 09-12/3976-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan iqtisodiyot real sektori korxonalarining investision loyihalarni baholash va tanlash hamda davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlarining samaradorligi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish