Abdusalyamov Faxriddin Mirkamalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt180.
Ilmiy rahbar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisoliyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSC. 03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldashev Nuriddin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolov Aktam Xatamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlari  faoliyatiga raqamli ekotizimni joriy qilish tadbirkorlik sub’ektlarining raqobatbardoshligini boshqarish samaradorligini oshirish bilan birga mazkur sub’ektlar boshqaruv  jarayonida ma’muriy xarajatlarni qisqartirish imkoniyati asoslab berilgan;
tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini ta’minlashning maqbul boshqaruv echimi tartibiga “qarorlar variantini ishlab chiqish” kompleks parametrini kiritish negizida boshqarish samaradorligini oshirish asoslangan; 
raqamlashtirishning texnologik trendlari, jumladan xavfsizlik arxitekturasining belgilangan parametriga mos ravishda tadbirkorlik sub’ektlarining qiymat zanjiri modelini transformatsiyalash takomillashtirilgan;
tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshdigini oshirishning muhim nuqtasi bo‘lgan “eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish”ni prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishning asosiy bazaviy miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligini boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga raqamli ekotizimni joriy qilish tadbirkorlik sub’ektlarining raqobatbardoshligini boshqarish samaradorligini oshirish bilan birga sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida ma’muriy xarajat-larni qisqartirish imkoniyatlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoati palatasi faoliyatida joriy qilingan (Savdo-sanoati palatasining 2021 yil 13 apreldagi 11/03-15-2899-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonida ma’muriy xarajatlarni 15 foiz qisqartirishga erishilgan;
raqobatbardoshlikni ta’minlashning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda maqbul boshqaruv echimini topish tartibiga “qarorlar varian-tini ishlab chiqish” amaliyotini kiritish negizida korxonani boshqarish samaradorligini oshirishga doir takliflari Savdo-sanoat palatasi, Rosti Rasti Baraka” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 13 apreldagi 11/03-15-2899-son va “Rosti Rasti Baraka” MChJning 2021 yil 6 fevraldagi 4-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi korxonaning boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirishga va hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini baholash va prognozlashtirish darajasi aniqligini oshirishga xizmat qilgan;
raqamlashtirishning texnologik trendlariga mos ravishda tadbirkor-lik sub’ektlarining qiymat zanjiri bo‘yicha takliflari Savdo-sanoat palatasi faoliyatida joriy qilingan (Savdo-sanoati palatasining 2021 yil 13 apreldagi 11/03-15-2899-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida hududlar iqtisodiyotini prognozlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar (yo‘l xaritalari)ning aniqlilik darajasini ortishiga hamda mahalliy korxonalar resurslaridan foydalanish samaradorligi 2019 yilga nisbatan 3,5 foizga yoki 2,5 mlrd so‘mga oshirish ta’minlangan;
tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshdigini oshirishning muhim nuqtasi bo‘lgan “eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish”ni prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishning asosiy miqdoriy ko‘rsatkichi sifatda belgilash bo‘yicha taklifi Savdo-sanoati palatasi faoliyatida hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tahlil qilish, miqdoriy baholash, prognozlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 13 apreldagi 11/03-15-2899-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida hududlar bo‘yicha investisiya dasturlarini tuzish natijasida milliy tadbirkorlarning tashqi bozordagi eksport hajmi 10 foizda oshishiga olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish