Xamidova Zulfiya Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hunarmandchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning retrospektiv va zamonaviy jihatlari (Amir Temur davri misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti; 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt558.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Ra’no Gafurovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hunarmandchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga iqtisodiy ta’limotlar tarixiga oid yondashuvlar asosida hozirgi davrga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temur iqtisodiy siyosatida asosiy hunarmandchilik turlarining mamlakat iqtisodiy qudratini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi xususiyatlariga ustuvorlik qaratilganligi ochib berilgan hamda bugungi kunda davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashning manzilliligi mexanizmi qo‘l mehnatiga asoslangan milliy-tarixiy hunarmandchilik faoliyatining o‘n turdagi baholash mezonini joriy qilish orqali takomillashtirilgan;
hunarmandchilikning hududlar kesimida ijtimoiy-demografik hamda milliy-tarixiy xususiyatlari bilan bog‘liq omillarni inobatga olib, “uy-ustaxona-do‘kon” tizimidagi hunarmandchilik loyihalarini davlat subsidiyalari va uzoq muddatli kreditlar orqali 50/50 nisbatda moliyalashtirish taklifi asoslangan;
hunarmandlar yangi avlodini tayyorlashni rag‘batlantirishda “ustoz-shogird” an’analarining tarixiy tendensiyalari hamda mehnatni tashkil etishning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda shogird qabul qilishning amaldagi yosh (16 yoshgacha) va son (10 nafargacha) jihatdan cheklovlarini bekor qilish asosida miqdoriy me’yorlari takomillashtirilgan;
hunarmandchilikdagi bandlikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari, jumladan, yosh va jins, moddiy ta’minlanganlik darajasi, faoliyat faolligi, shogirdlar soni, hududiy joylashuv hamda moliyaviy imkoniyatlarining hunarmandlar soni bilan bog‘liqligi modellari asosida soha faoliyatining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hunarmandchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va uning retrospektiv jihatlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Amir Temur iqtisodiy siyosatidagi asosiy hunarmandchilik turlarining mamlakat iqtisodiy qudratini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi xususiyatlariga ustuvorlik berishning tarixiy tajribasidan kelib chiqqan holda bugungi kunda davlat tomonidan soha faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘l mehnatiga asoslangan milliy-tarixiy hunarmandchilik faoliyatini baholash mezonlarini joriy qilishga asoslangan manzilliligi mexanizmidan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining “Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida” qonun loyihasining 11-modda. Xalq amaliy san’ati ustalarining Milliy katalogi va Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar Reestri; 15-modda. Hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari kabi moddalarni ishlab chiqishda foydalanilgan («Hunarmand» uyushmasining 2020 yil 20 iyuldagi 04-17/736-son-ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hunarmandchilik faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarining takomillashuviga va ularning iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga imkon yaratadi;
hunarmandchilikning hududlar kesimida ijtimoiy-demografik hamda milliy-tarixiy xususiyatlari bilan bog‘liq omillarni inobatga olib, “uy-ustaxona-do‘kon” tizimidagi hunarmandchilik loyihalarini davlat subsidiyalari va uzoq muddatli kreditlar orqali 50/50 nisbatda moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining faoliyatiga joriy etilgan («Hunarmand» uyushmasining 2020 yil 20 iyuldagi 04-17/736-son-ma’lumotnomasi). Natijada xalq amaliy san’atining an’anaviy turlarini targ‘ib qiluvchi 21 ta uy-muzey va muzey-ustaxonalar tashkil etilgan;
hunarmandlar yangi avlodini tayyorlashni rag‘batlantirishda “ustoz-shogird” an’analarining tarixiy tendensiyalari hamda mehnatni tashkil etishning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda shogird qabul qilishning amaldagi yosh (16 yoshgacha) va son (10 nafargacha) jihatdan cheklovlarini bekor qilish asosida takomillashtirilgan miqdoriy me’yorlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida” qonun loyihasining 2-modda. Asosiy tushunchalar; 9-modda. Hunarmandchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari kabi moddalarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Hunarmand» uyushmasining 2020 yil 20 iyuldagi 04-17/736-son-ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hunarmandchilik faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarining takomillashuviga va ularning iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga imkon yaratadi;
hunarmandchilikdagi bandlikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari, jumladan, yosh va jins, moddiy ta’minlanganlik darajasi, faoliyat faolligi, shogirdlar soni, hududiy joylashuv hamda moliyaviy imkoniyatlarining hunarmandlar soni bilan bog‘liqligi modellari asosida ishlab chiqilgan soha faoliyatining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining istiqboldagi rivojlanish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan («Hunarmand» uyushmasining 2020 yil 20 iyuldagi 04-17/736-son-ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda hunarmandchilik faoliyatini istiqbolda rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari hamda tegishli chora-tadbirlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.