Shirinboev Dilmuhammad Nurolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zarafshon daryosi suv rejimining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi», 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr106.
Ilmiy rahbar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xojamuratova Roza Tojimuratovna, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transchegaraviy hisoblangan Zarafshon daryosining o‘rta va quyi oqimlari gidrologik rejimiga antropogen omillarning ta’sirini baholash hamda daryo suv resurslaridan kelajakda samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon daryosining O‘zbekiston hududiga kirib keladigan oqimi ko‘rsatkichlarining statistik parametrlari (Q, , Cv) tabiiy (1931-1960 yy.), birinchi bazaviy (1961-1990 yy.) hamda joriy (1991-2018 yy.) iqlimiy davrlar uchun aniqlangan;
Zarafshon daryosi o‘rta va quyi oqimlari gidrologik rejimi elementlarining, jumladan, suv sarfi (Q), oqim hajmi (W) hamda ulardan shakllangan statistik qatorlarning o‘zgaruvchanlik koeffisienti (Cv), o‘rtacha kvadratli chetlashishi (σQ) kabi parametrlari turli hisob davrlari uchun aniqlangan;
Zarafshon daryosi o‘rtacha oylik, mavsumiy va suv rejimining turli fazalari, ya’ni to‘linsuv va kam suvli davrlardagi hamda yillik oqim ko‘rsatkichlarining antropogen omillar ta’siridagi o‘zgarishlari baholangan;
daryo oqimining yil davomida oylar, suv rejimi fazalari va mavsumlar bo‘yicha taqsimlanishi hamda yillararo tebranishlaridagi o‘zgarishlar aniqlangan;
Zarafshon daryosi suv resurslarining mavjud irrigatsiya tizimlari orqali viloyatlar bo‘yicha taqsimoti dinamikasi aniqlangan va shu asosda uni boshqarishning maqbul variantlari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zarafshon daryosi suv rejimining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon daryosining O‘zbekistonga kirib keladigan o‘rtacha oylik, mavsumiy va yillik oqim ko‘rsatkichlari, ya’ni suv sarflari va oqim hajmlarining antropogen omillar ta’sirida miqdoriy o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha olingan natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Zarafshon daryosi oqimi miqdoriy kamayishlarining atrof muhit holatiga salbiy ta’sirini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11 martdagi 04-02/8-980-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosining o‘rta oqimida yuzaga kelgan gidroekologik vaziyatni barqarorlashtirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
Zarafshon daryosi yuqori va o‘rta oqimi gidrologik rejimining asosiy elementlari – suv sarfi, oqim hajmi va boshqalarning oxirgi o‘n yilliklarda olingan yangi gidrologik ma’lumotlar asosida, turli hisob davrlari uchun aniqlangan miqdoriy ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida O‘rta Zarafshon havzasida suv ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik vaziyatni baholash masalalarini hal etishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11 martdagi 04-02/8-980-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda yuzaga kelgan salbiy ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasiga aniqlik kiritish imkonini bergan;
Zarafshon daryosining o‘rta va quyi qismlarida oqim miqdorining daryo uzunligi va hisob davrlari bo‘yicha o‘zgarishlarini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Milliy atlasi kartalarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 19 fevraldagi 02-10-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, yilning suvlilik darajasini hisobga olgan holda, hududlarda suvdan foydalanishning belgilangan limitlariga tezkor tuzatmalar kiritish imkonini bergan;
daryo oqimining antropogen omil ta’sirida yil davomida oylar, suv rejimi fazalari va mavsumlar bo‘yicha taqsimlanishidagi miqdoriy o‘zgarishlarini baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Milliy atlasi kartalarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 19 fevraldagi 02-10-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon daryosi suvidan ichimlik, maishiy-kommunal va boshqa maqsadlarda foydalanishni to‘g‘ri tashkil etishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
Zarafshon daryosi suv resurslarining irrigatsiya tizimlari orqali viloyatlar bo‘yicha taqsimotining miqdoriy qiymatlari va ularning dinamikasiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Milliy atlasi kartalarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 19 fevraldagi 02-10-759-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan rejalarga aniqlik kiritish imkonini bergan.