Choriev Isroil Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1017.
Ilmiy rahbar: Karimov Akrom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urazov Komil Baxramovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditda qo‘llaniladigan tahliliy amallar tarkibiga korxona faoliyati uzluksizligi va samaradorligini kompleks baholashni kiritish orqali moliyaviy hisobotdagi xatoliklarni 27 foizgacha aniqlash imkoniyati asoslangan;
korxona hisob siyosatiga moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar majmui bo‘yicha tartiblash va guruhlash taxlili usulini kiritish asosida ichki auditning axborot ta’minotini 30 foizga oshirish imkoniyati asoslangan;
auditorlik tekshiruvlarida moliyaviy hisobotdagi soxtalashtirish va firibgarlik holatlarini aniqlash asosida aniqlanmaslik riskini ikki barobar pasaytirish asoslangan;
auditorlik tekshiruvida mehnat sarfini 50 foizgacha qisqartirish maqsadida moliyaviy hisobotdagi xatolar ehtimolligi mavjud moddalarni aniqlashda prognozlash usullaridan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
auditda qo‘llaniladigan tahliliy amallar tarkibiga korxona faoliyati uzluksizligi va samaradorligini kompleks baholashni kiritish orqali moliyaviy hisobotdagi xatoliklarni 27 foizgacha aniqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 10 – son ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida mijoz biznesi bilan tanishish, moliyaviy hisobotdagi xatolarni aniqlash, korxona faoliyati uzluksizligini baholash, faoliyat samaradorligi va iqtisodiy barqarorlikni baholash hamda korxona rahbariyati uchun auditor ma’lumotlarini tayyorlashda tahliliy amallardan keng foydalanish asosida auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish, moliyaviy hisobotni tekshirishda audit riski darajasini belgilash, moliyaviy hisobotdagi noodatiy og‘ishishlarni aniqlash hamda boshqa auditorlik amallari soni va hajmini qisqartirish orqali auditorlik tekshiruvlari samaradorligining oshishiga erishilgan;
korxona hisob siyosatiga moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar majmui bo‘yicha tartiblash va guruhlash tahlili usulini kiritish asosida ichki auditning axborot ta’minotini 30 foizga oshirish bo‘yicha taklifi «O‘zbekko‘mir», «Uzbek Leasing International A.O.» aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatining ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘limida aks ettirilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2021 yil 5 martdagi 1-son, «Uzbek Leasing International A.O.» AJning 2021 yil 26 fevraldagi 236-son ma’lumotnomalari). Natijada, korxonalar moliyaviy holati va investision jozibadorligini kompleks baholashda moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar majmui bo‘yicha tartiblash va guruhlash tahlili usulini kiritish asosida boshqaruv qarorlarining samaradorligi ortishiga, moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga hamda ichki auditning axborot ta’minotini 30 foizga oshirishga erishilgan;
auditorlik tekshiruvlarida moliyaviy hisobotdagi soxtalashtirish va firibgarlik holatlarini aniqlash asosida aniqlanmaslik riskini ikki barobar pasaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 10 – son ma’lumotnomasi). Natijada, M.Benish (sakkizta indeksga asoslangan) hamda Mariya M.Roksasning (beshta indeksga asoslangan) M-Score modellaridan foydalanish asosida M-score umumiy indeksi hisoblanib, uning chegara qiymatidan oshishiga muvofiq, moliyaviy hisobotni soxtalashtirish va firibgarlik faktlari mavjudligi aniqlangan, hamda auditda aniqlanmaslik riskini ikki barobar pasaytirishga imkon bergan;
auditorlik tekshiruvida mehnat sarfini 50 foizgacha qisqartirish maqsadida moliyaviy hisobotdagi xatolar ehtimolligi mavjud moddalarni aniqlashda prognozlash usullaridan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 10 – son ma’lumotnomasi). Natijada, auditor tomonidan aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlarini haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab, eng katta farqlanish mavjud qatorlar («risk zonalari»)ni aniqlash orqali auditor asosiy e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan moddalarni aniqlash asosida auditorlik tekshiruvi ish hajmi va vaqtini qisqartirishga hamda auditorlik riskini pasaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish