Mamatkulov Ikrom Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning nonbopligi yuqori bo‘lgan boshlang‘ich manbalarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx371.
Ilmiy rahbar: Baboev Saidmurod Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genitik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yumshoq bug‘doyning morfofiziologik belgi va xususiyatlariga irsiy va ekologik omillarning ta’sirini tahlil qilish asosida biotik va abiotik omillarga bardoshli, don sifati va nonbopligi yuqori bo‘lgan boshlang‘ich manbalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor global iqlim o‘zgarishi kuzgi bug‘doyning ontogeneziga  ta’sir etishi, jaxon kolleksiya namunalarining adaptatsiya sharoitida bahordagi  havo xarorati o‘rtacha va namgarchilik kam bo‘lganda hamda havo harorati o‘rtacha ko‘p yillikdan past bo‘lganda unib chiqishdan boshoqlashgacha bo‘lgan davri 10-12 kunga kechikishi aniqlangan;
jahon kolleksiyasi namunalarini tanlash jarayonida bir vaqtning o‘zida bir necha belgilar bo‘yicha baholovchi klaster usulidan foydalanilgan va 1000 dona don vazni bilan sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasida ijobiy korellyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan; 
raqobot ko‘chatzoriga kiritilgan namunalarning morfoxo‘jalik belgilarining statistik tahlillari hamda biotik va abiotik omillarga bardoshliligini baholash asosida yuqori hosilli va noqulay omillarga bardoshli boshlang‘ich ashyolar ajratib olingan; 
jahon kolleksiyasidagi Seri.1*2/3/Kauz/2/BOW/ /Kauz/4/BAGC/2002 duragay kombinatsiyadan yakka tanlash yo‘li bilan analitik seleksiya uslubi yordamida nonbopligi yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doyning “Do‘stlik-29” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning nonbopligi yuqori bo‘lgan boshlang‘ich manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
yumshoq bug‘doyning nonbopligi yuqori bo‘lgan hosildor va kasalliklarga chidamli “Do‘stlik-29” navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/021-4597-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navdan 2019 yilda 65,9 s/ga, 2020 yilda 70 s/ga hosil olish imkonini bergan; 
yumshoq bug‘doyning “Do‘stlik 29” navi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Nodirbek asl oltin uzumzori” fermer xo‘jaligida 12,0 gektar va Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasiga 5,5 gektar maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/021-4597-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navning yuqori hosildorligi hisobiga andoza navlarga nisbatan 5,6-9,5 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabelligini 29-41 foizga oshirish imkonini bergan;
yumshoq bug‘doyning “Do‘stlik-29” navi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti bug‘doy kolleksiyasi genofondiga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/021-4597-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doy kolleksiyasi genofondi respublika tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan nonbopligi yuqori bo‘lgan yangi nav bilan boyitilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish