Tolipov Abdug‘affor Abdunabi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari»): 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/S20. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Dsc.20/30.12.2019.S.23.04.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Nuriddin Sapaevich, iqtisod fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil falsafa fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida yoshlar orasidagi jinoyatchilikni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlarini tizimli takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar orasida deviant xulq-atvor va kriminal submadaniyatning namoyon bo‘lishi orqali uning dinamik o‘zgarishlariga impul`s beruvchi (yoshlar o‘rtasida deviantlik ko‘lamining o‘sishini belgilaydigan makro va mikro muhitni rivojlanishi) omillar aniqlangan;
yoshlarning jamiyatdagi me’yorlardan og‘ish holatlarini bartaraf etishda sotsiostazis vositasi (avlodlararo o‘zaro ta’sirchan munosabatga kirishish) asosida shakllanuvchi jamoaviylik, vorisiylik, hamjihatlik kabi milliy mental xususiyatlarning regulyasion ta’siri asoslangan;
jinoyatchilikni tasniflashda birlamchi sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash usullardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlikning ijtimoiy ildizlari ochib berilgan.
jamiyatdagi pozitiv o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarning qadriyatli mo‘ljallarini shakllantiruvchi ijtimoiy-huquqiy kompetentlik, ma’naviy-axloqiy mas’uliyatni mustahkamlash asosida ularning ijtimoiy maqomini (daromadi, ta’lim, turmush tarzi, oila daromadi, kasbi, madaniy dunyoqarashi) oshirish mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston sharoitida yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishni ijtimoiy mexanizmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yoshlar orasida deviant xulq-atvor va kriminal submadaniyatning namoyon bo‘lishi, uning dinamik o‘zgarishlariga impul`s beruvchi (yoshlar o‘rtasida deviantlik ko‘lamining o‘sishini belgilaydigan makro va mikro muhitni rivojlanishi) omillar aniqlanganligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutidagi 5710100 – Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi, 5710200 – Xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash, 5710300 – Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi, 5740100 – Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishning qo‘mondonligi-muhandisligi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan «Fuqarolik jamiyati» o‘quv qo‘llanmasining «Korrupsiyaga qarshi kurash fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti» nomli VIII bobi hamda «Faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan yosh avlod tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari» nomli XIII boblarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 08 yanvardagi 89-03-98-son ma’lumotnomasi).  Mazkur takliflar «Fuqarolik jamiyati» fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish imkonini bergan;
yoshlarning jamiyatdagi me’yorlardan og‘ish holatlarini bartaraf etishda sotsiostazis vositasi (avlodlararo o‘zaro ta’sirchan munosabatga kirishish) asosida shakllanuvchi jamoaviylik, vorisiylik, hamjihatlik kabi milliy mental xususiyatlarning regulyasion ta’siriga oid takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori dasturining V bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari» 20-bandini «Jamiyatda ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish» tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 01 yanvardagi 03/07-25-son, 2021 yil 04 yanvardagi 03/07-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar jamiyatda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
jinoyatchilikni tasniflashda birlamchi sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash usullardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlikning ijtimoiy ildizlari ochib berilgangigiga oid takliflardan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2018 yilda «O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, axloq, ijtimoiy yo‘nalishlar» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketada «A» blokida 4 ta, «V» blokida 4 ta, «S» blokida 3 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020 yil 21 maydagi 01-16/147-2-son ma’lumotnomasi).  Bu mamlakatimizda yoshlar faoliyatiga ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik yordam ko‘rsatishga doir jamoatchilik fikrini o‘rganish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
jamiyatdagi pozitiv o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarning qadriyatli mo‘ljallarini shakllantiruvchi ijtimoiy-huquqiy kompetentlik, ma’naviy-axloqiy mas’uliyatni mustahkamlash asosida ularning ijtimoiy maqomini (daromadi, ta’lim, turmush tarzi, oila daromadi, kasbi, madaniy dunyoqarashi) oshirish mezonlari asoslanganligiga oid takliflaridan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining «2018-2020 yillar davomida Yoshlarga oid davlat siyosati va barkamol rivojlangan  avlodni shakllantirish» mavzusida 2018 yil 4 yanvardagi 3-sonli buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan sotsiologik tadqiqot ishlarida foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020 yil 21 maydagi 01-16/147-2-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlar tarbiyasida zamonaviy tasnifini belgilovchi sotsial muammolar tahlilining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishda metodologik manba sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish