Tashtemirov Bekzod Ravshanbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Obosnovanie parametrov kombinirovannogo orudiya dlya posadki sajensev fitomeliorantov pri uluchshenii pastbishh”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T532.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent Ravshanov Hamroqul Amirqulovich (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali); texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), katta ilmiy xodim Ergashev Ma’rufjon Muhammadjonovich (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti).
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adir yaylovlari holatini yaxshilashda energiya va material sarfini kamaytirish imkonini beradigan, fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatini o‘tqazadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning konstruktiv sxemasi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yaylovlarda fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazishda bir yo‘la himoya egatini hosil qilish, egat tuprog‘ini yumshatish, o‘tqazish yorig‘ini hosil qilish, unga ko‘chatlarni joylashtirish va ularning atrofidagi tuproqni zichlashga asoslangan texnologiya ishlab chiqilgan;
tuproqqa sifatli minimal ishlov berib, fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazish uchun chap va o‘ng tomonga ag‘daruvchi korpusli egat ochkich, yumshatkich, soshnik, o‘tqazish mexanizmi va zichlovchi g‘ildiraklardan tashkil topgan kombinatsiyalashgan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
ko‘chat o‘tqazish mexanizmi tutqichlar orasidagi masofa, zanjirli konveyerning umumiy uzunligi va tutqichlar sonini hisobga olgan holda, zanjirli konveyerning tezligi esa qurilmaning tezligiga teng bo‘lish shartidan aniqlangan;
ko‘chat o‘tqazish qurilmasining zichlovchi g‘ildiraklari eni ochilgan egat kengligidan kichik bo‘lishi, uning radiusi esa g‘ildirak oldida tuproq uyumi hosil qilmaslik shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yaylovlarni yaxshilashda fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini o‘tqazadigan kombinatsiyalashgan qurilma parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatlarini ekish uchun kombinatsiyalashgan agregatga intellektual mulk Agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 05617, 2018 y.). Natijada, tuproqqa minimal ishlov berib fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatini o‘tqazadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatini o‘tqazadigan kombinatsiyalashgan qurilma Navoiy viloyatining Nurota, Qiziltepa va Karmana tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 02/023-970-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan qurilmadan foydalanilganda ish unumini 1,75 marta oshirish va yonilg‘i moylash materiallari sarfini 2,9 marta kamaytirish imkonini bergan;
fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatini o‘tqazadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 02/023-970-son ma’lumotnomasi). Natijada fitomeliorativ o‘simliklar ko‘chatini o‘tqazadigan kombinatsiyalashgan qurilmani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish