Purxanatdinov Aman Purxanatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslari asosida keramzitning energiyatejamkor tarkibini ishlab chiqish” (Razrabotka energosberegayushhego sostava keramzita na osnove sir`evix resursov Karakalpakstana), 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T640.
Ilmiy rahbarlar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Soy Vladimir Mixaylovich – texnika fanlari doktori, professor v.b.; Shokirov Tuygun Turgunovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining mahalliy xomashyolari va ikkilamchi resurslari asosida keramzit tarkiblari va uni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba namunalarini 1000-1100 0S harorat oralig‘ida ko‘pchitish orqali pishirish davrida kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar asosida vollastonit, mullit, anortit va yuqori haroratli kvars minerallarining kristall fazalari hosil bo‘lib, fazali o‘tishlari aniqlangan;
bentonit giliga 900-1100oS harorat oraligida termik ishlov berib ko‘pchitib olingan keramzit donalarining asosiy fizik-mexanik, texnologik va ekspluatatsiya xossalarining o‘zgarishi g‘ovak hosil qiluvchi karbonatli (soda ishlab chiqarish chiqindisi) va organik (shirinmiya ildizi chiqindisi) qo‘shimchalarning miqdori va turiga bog‘liqligi aniqlangan;
keramzit donalari ishlab chiqish uchun shixtaning optimal xomashyo  tarkiblari, ya’ni bentonit gili-90; soda chiqindisi-10 va shirinmiya ildizi-2 mas.% (100%dan tashqari), hamda g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalardan foydalanilgandagi bentonit gilining 1050oS haroratda pishib, ko‘pchish koeffisienti 3,72%ga teng bo‘lgandagi ko‘pchitish orqali pishirishning texnologik rejimi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston gilli xomashyo resurslarining kimyoviy va mineralogik tarkiblarini hisobga olgan xolda g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalar bilan keramzit ishlab chiqishda foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslaridan foydalanib energiyatejamkor tarkibli keramzit ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keramzit donalarining ishlab chiqilgan tarkibi «ETALONKIRPICH» MChJda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Qurilish Vazirligining 2021 yil 31 maydagi 03-07/01-1168-son ma’lumotnomasi). Natijada keramzit donalarini pishirish haroratini 50-800S ga pasaytirish imkonini bergan;
issiqlik himoyalovchi materiallar uchun keramzit donalarini ishlab chiqarish texnologiyasi «ETALONKIRPICH» MChJda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Qurilish Vazirligining 2021 yil 31 maydagi 03-07/01-1168-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi standart talablarga javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan keramzitdan foydalanib keramzitbeton ishlab chiqarish «EVRO-BETON» MChJda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Qurilish Vazirligining 2021 yil 31 maydagi 03-07/01-1168-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyo asosida keramzitbeton ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish