Tashmuxamedov Aziz Azadillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Asoratlangan vitreoretinal patologiyali bemorlarda silikonli tamponadani yakunlashni yaxshilash», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib895.
Ilmiy rahbar: Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Kojuxov Arseniy Aleksandrovich  (Rossiya), tibbiyot fanlari doktori; Yusupov Aminjon Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat qayta tayyorlash va malaka oshirish tibbiyot instituti (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asoratlangan vitreoretinal patologiyalarda silikonli tamponadani yakunlash samarasini silikon indusirlangan glaukomani oldini olish va davolash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
rangdor parda - gavxar diafragmasi butunligi buzilgan ko‘zlarda silikon moyini vitreal bo‘shliqqa yuborishdan oldin, viskoelastik preparatlarni oldingi kameraga yuborish silikon moyini oldingi kameraga chiqishini bartaraf etishi aniqlangan;
ilk bor ko‘z oldingi kamerasida viskot viskoelastik preparati qoldirilganda, «klassik» viskoelastik - 2% gidroksipropilmetilsel-lyulozadan farqli o‘laroq, viskot viskoelastik preparati ko‘z drenaj sistemasidan oson chiqib ketishi tufayli ikkilachi glaukoma va ko‘ruv nervi atrofiyasi kabi asoratlarni oldini olishi aniqlangan;
ilk bor viskot viskoelastik preparatini ko‘z oldingi kamerasida qoldirilganda shox parda endoteliy qavati xujayralari soni kamaymaganligi tufayli, epitelio-endotelial distrofiya kabi asorat yuzaga kelmaydi va bu vositani ko‘z oldingi kamerasida qoldirish xavfsizligi isbotlangan;
silikon emul`gatsiyasi tufayli kelib chiqqan ikkilamchi glaukomada dozalangan transskleral siklofotolazerkoagulyasiya usuli bajarilgandan so‘ng, barcha bemorlarda (100%) ko‘z ichki bosimi ko‘rsatkichlari me’yorlashganligi tufayli, bu usulni samaradorligi isbotlangan;
ilk bor dozalangan transskleral siklofotolazerkoagulyasiya usuli bajarilgandan so‘ng, barcha bemorlarda (100%) ko‘zni aksial o‘lchamlari o‘zgarmaganligi tufayli, bu usulni xavfsizligi, ya’ni ko‘z olmasini subatrofiyasiga sabab bo‘lmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Asoratlangan vitreoretinal patologiyali bemorlarda silikonli tamponadada olingan natijalar asosida: 
silikon moyi emul`gatsiyasi tufayli kelib chiqqan ikkilamchi oftal`mogipertenziyani davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Silikon moyi emul`gatsiyasi tufayli kelib chiqqan ikkilamchi oftal`mogipertenziyani davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/411 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Silikon moyi emul`gatsiyasi tufayli kelib chiqqan ikkilamchi oftal`mogipertenziyani davolash sifatini va davo effektivligini oshirishga xizmat kilgan; 
rangdor parda-gavxar diafragmasi butunligi buzilishi bilan asoratlangan vitreoretinal jarroxligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Rangdor parda-gavxar diafragmasi butunligi buzilishi bilan asoratlangan vitreoretinal jarroxlikda uzgacha yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/485 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Rangdor parda-gavxar diafragmasi butunligi buzilishi bilan asoratlangan vitreoretinal jarroxlik sifatini oshirishga xizmat kilgan;
asoratlangan vitreoretinal patologiyali bemorlarda silikonli tamponadani yaxshilash buyicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi  va Buxoro viloyat oftal`mologik shifoxonasi amaliyotlariga joriy kilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 08-09/9996 sonli ma’lumotnamasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi asoratlangan vitreoretinal patologiyalarda silikonli tamponadalash usulini takomillashtirish orqali bemorlarda ko‘zi ojizlik darajasi pasayishiga sabab bo‘lgan. Olingan natijalar asosida ushbu patologiya bilan kasallangan bemorlarda kelib chiqadigan asoratlar miqdori kamayishi va vaqtinchalik ishga layoqatsizlik davomiyligini qisqarishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish