Musaev Ulugbek Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Stomatologiyada diplomdan keyingi ta’limda interaktiv usulda o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini tashkil etish samaradorligini oshirish” 14.00.21 – Stomatologiya va 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib 463.
Ilmiy maslaxatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Xaydarov Nodirjon Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.06.2020 Tib 102.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Kovach Ilona Vasil`evna tibbiyot fanlari doktori, professor (Ukraina). Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tokai Universiteti (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: stomatologiya diplomdan keyingi ta’limida innovatsion texnologiyalar va interfaol o‘qitish usulida ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida yuz-jag‘ kasalliklari mutaxassislari faoliyati samaradorligini va stomatologik xizmat sifatini oshirish maqsadida diplomdan keyingi ta’limning stomatologiya predmeti o‘quv dasturlarida ajratilgan soatlar taksimoti nazariyot va amaliyotning 30 va 70 foiz nisbatida bo‘lishi asoslangan;
stomatologik xizmat sifati va mutaxassislar faoliyati samarador-ligini oshirish, byudjet mablag‘larini optimallashtirish hamda uzluksiz malaka oshirish jarayonini takomillashtirishda diplomdan keyingi ta’lim tizimida mustaqil, jumladan aprobatsion ta’limga ustuvorlik berish hisobiga malaka oshirish kurslarida amaldagi o‘qitish soatlarini teng  ulushda nazariy-uslubiy (50%) va mustaqil ta’lim (50%) asosida tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
stomatologiyaning bolalar va kattalar yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishida takomillashtirilgan klinik va metodologik ta’lim usuli otorinolaringologiya, oftal`mologiya, neyroxirurgiya, nevrologiya yo‘nalishlaridagi kasbiy ko‘nikmalarni mujassamlashgan yondashuvi yuz-jag‘ tizimidagi o‘tkir yiringli yallig‘lanish jarayonlari va og‘ir travmatologik qo‘shma kasalliklarini tezkor tashxislash va davolash samarasining ustuvor usuli ekanligi asoslangan; 
yuqori lab va tanglay tug‘ma nuqsonlarini kompleks davolash bo‘yicha diplomdan keyingi ta’limni mualliflik “SammiVibenar” to‘rtinchi avlod platformasida xorijiy klinika jarrohlik amaliyotida tinglovchilarning masofaviy ishtirok etishini tizimli tashkil qilish nuqsonlarni davolash samaradorligini oshirishga va ta’lim sarf-harajatlarini optimallashtirish negizida byudjet mablag‘larini 52-64 foiz darajasida tejash imkonini berishi isbotlangan;
stomatologiya oliy ta’lim muassasalarida diplomdan keyingi ta’lim “XAB”ni tashkil qilinishi respublika va xorijiy tinglovchilarni qisqa (8-16 soat) va uzoq (864 soat) muddatli o‘quv kurslariga tizimli jalb qilinishi soha kadrlarini tayyorlash tizimini jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga uyg‘un integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha diplomdan keyingi ta’limni tashkillashtirishda interfaol o‘qitishning innovatsion texnologiyalari istiqbollarining ilmiy asoslarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
diplomdan keyingi ta’limning stomatologiya predmeti o‘quv dasturlarida ajratilgan soatlar tarkibida nazariyot va amaliyotning 30 va 70 foiz nisbatida bo‘lishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni sqlash vazirligi tavsiyasi asosida diplomdan keyingi ta’lim amaliyotiga joryi qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 08 fevraldagi 22-son bo‘yrug‘i; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 avgustdagi 08-09/9562-son ma’lumotnomasi).Diplomdan keyingi ta’lim tizimida  o‘qitish soatlarini teng ulushda tashkil qilinishi  stomatologiya mutaxassislari faoliyati samaradorligini va stomatologik xizmatlar sifatini oshirish imkonini bergan;
diplomdan keyingi ta’lim tizimida mustaqil, jumladan aprobatsion ta’limga ustuvorlik berish hisobiga malaka oshirish kurslarida amaldagi o‘qitish soatlarini teng ulushda nazariy-uslubiy va mustaqil ta’lim asosida tashkil qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni sqlash vazirligi tavsiyasi asosida diplomdan keyingi ta’lim amaliyotiga joryi qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 maydagi 337-sonli bo‘yrug‘i; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 avgustdagi 08-09/9562-son ma’lumotnomasi). Diplomdan keyingi ta’lim tizimida o‘qitish soatlarini teng ulushda tashkil qilinishi sog‘liqni saqlashda birlamchi bo‘g‘inda faoliyat olib boruvchi tinglovchilar kontingentini yuz-jag‘ tizimidagi kasalliklarni samarali profilaktika, tashhislash va davolash imkonini bergan;
stomatologik amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda kursantlarning fikrlash darajasini maksimal darajada oshirishni ta’minlash uchun «Stomatologik klinikada bemorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish ekstremal holatlarida amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda simulyasiya texnologiyalaridan foydalanish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 martdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma kursantlarga shoshilinch holatlarda bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning amaliy ko‘nikmalarini simulyasion texnologiyalaridan foydalanish, samarali  davolash taktikasini tanlash imkonini bergan;
shifokorlarni faol ishtirokchilar sifatida o‘quv jarayoniga jalb etishni ta’minlovchi «Endodontiyada estetikani rejalashtirishda masofaviy innovatsion texnologiyalarning imkoniyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 martdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida innovatsion texnologiyalarning imkoniyatlaridan keng foydalanib, kasallikni erta tashxislash va samarali davolash taktikasini tanlash bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
yuz-jag‘ tizimidagi o‘tkir yiringli yallig‘lanish jarayonlari va og‘ir travmatologik qo‘shma kasalliklarini tezkor tashxislash va davolash samarasining ustuvor usul ekanligi bo‘yicha takliflar takliflar sog‘liqni sqlash amaliyotiga joriy qlingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 maydagi 122-son chora-tadbirlar rejasidagi vazifalari). Uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarida mutaxassislarning majmuaviy yondashuvi natijasida og‘ir klinik patologiyalarda bemorlarga transportirovkasiz sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
shifokorlar-kursantlarni o‘quv jarayonida faol ishtirok etishni ta’minlashga qaratilgan «Shifokor-stomatologning kasbiy malaka talablarini shakllantirishda raqamli texnologiyalar va interaktiv yondashuvdan foydalanish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 martdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada klinik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish uslubi bemorlarni samarali davolash taktikasini tanlash imkoniyatini asoslab bergan;
stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha uzluksiz diplomdan keyingi ta’limni tashkillashtirishni takomillashtirish va o‘qitish usullari innovatsion texnologiyalari istiqbollarining ilmiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahri va Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 apreldagi 8n-z/82-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi stomatologiyada amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni tashkil etish ortopedik va jarroxlik xususiyatga ega hamda manual ko‘nikmalarni bajarishdagi algoritmlarni ko‘rsatgan xolda maneken, trenajyor, imitator, standartlashtirilgan bemorlar, ko‘ngillilar yordamida, zamonaviy diplomdan keyingi ta’limning amaliyotida ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilishi, interaktiv ta’limning innovatsion texnologiyalarini tashkil qilish va qo‘llashda alohida janri sifatida shifokor-stomatologlar uchun treningli mahorat darsi shakli hisoblanishi, ilk bor mamlaktimizda xorijiy olim-stomatologlar tomonidan tashkil etilgan va o‘tkazilganligi, kasbiy mahoratni shakllantirish va yuqori bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish